Xitoyning Recon Group kompaniyasi Aston Villani sotib oldi
19 may 2016 07:46
Yangiliklar
Xitoyning Recon Group kompaniyasi Aston Villani sotib oldi
Aston Villa matbuot xizmati klub xo'jayinlari o'zgargani haqida malumot berdi.
2006 yilda Birmingem klubini 62,2 million funt evaziga xarid qilgan Rendi Lerner Aston Villani Xitoyning Recon Group kompaniyasiga sotib yubordi.
Oldinroq Xitoy tomoni 60 million funt to'lashi haqida xabar berilgandi.
Recon Group kompaniyasi xitoylik biznesmen Toni Syaga tegishli. U Xitoy va Gonkongning 5ta katta kompaniyalarining akciyalariga egalik qiladi. Sya jahonning 75 ta mamlakatida kichik kompaniyalarga ega.
Eslatib o'tamiz, 2015/16 yilgi Angliya chempionati yakunlariga ko'ra Aston Villa 20-o'rinni olib ilk bor CHempionshipga tushib ketdi.
Fikrlar