Xitoyda transfer solig'i muddati uzaytirildi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2018, 14:16
Xitoy futbol federatsiyasi transfer solig'i qoidasini uzaytirishga qaror qildi.

Agar Superliga va ikkinchi divizion jamoasi chet ellik futbolchi xarid qilmoqchi bo'lsa va transfer 45 mln. yuan (7 mln. evro)dan qimmatroqqa amalga oshsa, klub transfer puliga tenga mablag'ni federatsiyaga o'tkazib beradi. Agar jamoa xitoylik futbolchini sotib olishni istasa va uning narxi 20 mln. yuan (3 mln. evro)dan oshsa, soliq to'langan pulga teng bo'ladi.

Federatsiyadagilarning ma'lum qilishicha, bu soliq moliya jihatdan liganing raqobatbardoshligiga xizmat qiladi. Ushbu pullar Xitoyda futbolni rivojlantirish va mahalliy futbolchilarni o'sishi uchun sarflanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Inside World Football