Xitoy. Odil Ahmedov va Anzur Ismoilov jamoalari mag'lubiyatga uchradi
30 iyu 2017 18:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/267648_original.jpg)
![](/upload/storage/267648_220.jpg)
Xitoy. Odil Ahmedov va Anzur Ismoilov jamoalari mag'lubiyatga uchradi
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov o'ynaydigan "SHanxay SIPG" bu turda "SHandon Luneng" mehmoni bo'ldi. Ushbu bahsda hisob hamyurtimizning uzatmasidan so'ng ochildi. Vu Ley Odil Ahmedovning pasini golga aylantirdi.
Ikkinchi bo'limda ustunlik mezbonlar tomonga o'tdi. Jingdao Jin 69-daqiqada Graciano Pellening uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. 87-daqiqada esa Ksinan Vu "SHandon Luneng"ni hisobda oldinga olib chiqdi. O'yin mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Odil Ahmedov maydonda 90 daqiqa harakat qildi.
"SHandon Luneng" - "SHanxay SIPG" 2:1
Gollar: Jingdao Jin 69, Ksinan Vu 87 - Vu Ley 23.
Anzur Ismoilov jamoasi "CHanchun Yatay" ham Odil Ahmedovniki kabi bu turda mehmonda o'ynadi. "Lyaonin Xonguy" bilan bahsda bitta gol urildi. Kristian Bekamenga 65-daqiqada urgan gol mezbonlarga g'alaba keltirdi. Anzur Ismoilov uchrashuvda to'liq o'ynadi.
"Lyaonin Xonguy" - "CHanchun Yatay" 1:0
Gol: Kristian Bekamenga 65.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar