So’nggi yangiliklar

03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  17 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  2 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  6 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  3 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  0 23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  1 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  1 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  162 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  44 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  6 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4

Xitoy, futbolining rivoji yo'lida muhim qarorni qabul qilish arafasida Yangiliklar

Xitoy, futbolining rivoji yo'lida muhim qarorni qabul qilish arafasida

Endi xitoylik klublar o'z akademiyalarini ham rivojalntirishga majbur bo'ladilar.

Xitoy futbol Associaciyasi (CFA) bu haqdagi dasturini elon qildi. Unga ko'ra:


1. Har bir klubning bir yillik byudjetining 15% bolalar futboli yo'lida sarf qilinishi kerak. SHuningdek, har bir jamoaning U-19, U-17 va U-15 jamoalari bo'lishi shart.

2. Har bir jamoaning moddiy texnika bazasi bo'lishi lozim. Unda eng kamida 4ta maydon, shundan bittasi suniy bo'lishi shart.

3. CFA auditorlar yordamida klublarning sarf-xarajatlarini nazorat qilishi mumkin.

4. CFA bolalar futboliga bo'lgan etiborni, ularni mablag'siz qolmasligini uchun katta-katta summadagi transferlarni nazorat qiladi. Hozircha jamoalarga 30 mln AQSH dollarigacha bo'lgan tranfserlarni amalga oshirish imkoniyati beriladi. Mazkur summadan katta bo'lgan transferlar uchun ayrim soliqlar joriy qilinadi. Futbolchining transfer summasi qancha ko'p bo'lsa, bolalar futboliga shuncha ko'p miqdorda mablag' tushadi. Deylik, Xitoy klubi 100 mln AQSH dollari evaziga Pogbani sotib oladi. SHunda jamoa 15 mln AQSH dollarini bolalar futboliga o'tkazib berishi kerak bo'ladi.

5. Super liga klublaridagi moliyaviy holatni stabil holatda turishi uchun klublarga foydani to'g'ri taqsimlash borasida ish olib borish.

6. Futbol jamoatidagi barcha menejerlar, qalloblik, o'g'rilik, pulni o'zlashtirish qabi jinoyatlarga qo'l urmasliklari lozimligi uqtirildi. Agar futbolga ajratilayotgan mablag'ni o'z manfaati yo'lida ishlatayotgan rahbar aniqlansa, unga nisbatan futboldan bir umrga chetlatish jazosi qo'llaniladi.

Hozircha yuqoridagi qonunlar rasman kuchga kirmagan. Bu qarorga CFA barcha klub menejerlari bilan bo'lib o'tgan kelishuv chog'ida keldi.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика