Xitoy chempionati, "CHelsi" va 50ta "otjimaniya". Eldor SHomurodov bilan navbatdagi katta intervyu
23 sen 2019 15:31
Yangiliklar
Xitoy chempionati, "CHelsi" va 50ta "otjimaniya". Eldor SHomurodov bilan navbatdagi katta intervyu
- Bizda stol tennisi bor. O'ynab turasizmi?
- Ko'proq bilyard. CHernov va murabbiy Osinov ham yaxshi o'ynaydi.
- Siz 9ta uchrashuvda 7ta (ayni damda 8ta) gol urdingiz. O'zini liganing eng yaxshi hujumchisi sifatida his qilish qanday?
- Yaxshi. Jamoada o'zimni qulay his qilaman, bu yigitlar tufayli amalga oshdi.
- Ulardan biri, Roman Eryomenko, mavsumda 20ta gol urishingiz uchun sizda hamma narsa bor ekanligini aytdi.
- Har bir uchrashuvda gol urishga harakat qilaman. Agar jamoa shu ruxda davom etsa, hammasi amalga oshadi deb o'ylayman.
- "Axmat" bilan o'yinda o'zbekistonlik muxlislar guruhi bor edi...
- Ha, Rossiyada biznikilar ko'p, har bir shaharda ishqibozlar guruhi mavjud. Ulardan minnatdorman. Har bir o'yinda o'zimiznikilarni ko'rish yoqimli.
- Ajoyib zarba uchun Normanni qutladingizmi?
- Albatta! CHiroyli gol, buning ustiga 3 ochko keltirdi.
- Jigo CSKAga 2ta gol urganida uni kiyinish xonasida qahramonlardek kutib olishdi, SHyurrle esa stol ustida raqsga tushgandi.
- "Rostov"da bunaqasi bo'lmagan. Ammo hamma tabriklaydi. Jamoamiz axil, shimollik yigitlar ko'p foyda keltirishadi.
- G'alabaga qaramasdan Karpin g'azablanib, hech narsa o'xshamaganini aytgan edi. So'nggi 20 daqiqada futbolchilar son bo'yicha raqibdan ko'pligiga qaramasdan nega ortga qaytishdi?
- Terma jamoa tanaffusi tasir qilgan bo'lsa kerak. Qiyin bo'lishini hamma tushunib turgan edi. Ammo xohish evaziga g'alaba qozondik. Keyingi bahslarda xuddi avvalgi bahslardagidek yaxshi o'ynashga harakat qilamiz.
- Karpin kiyinish xonasida jiddiymidi?
- Yo'q, u indamadi. O'yinni tahlil qilganimizda hammasini ko'rsatib beradi.
- O'tgan yili "Rostov"dagi xit gilam edi, bunisida esa sizning suzish uchun qalpog'ingiz. Uni saqlab qo'ydingizmi?
- Saqlab qo'ydim, ammo qalpoq o'zimda emas, fizioterapevtda. Aynan u menga qalpoqni kiydirgan edi. O'yin paytida bu qanday ko'rinishi haqida xatto o'ylamagandim. Keyin suratlarnim ko'rib, suvuzchilar qalpog'iga o'xshashini tushundim. Jamoadagilar "uni doim kiyib tush" deya hazillashishga ham ulgurishdi.
- Gollaringizning birini 40 yil oldin aviahalokatga uchragan "Paxtakor"ga bag'ishladingiz.
- O'zbekistonda buni xuddi kecha sodir bo'lgandek eslashadi. Har yili xotira turniri bo'lib o'tadi. Bu katta tragediya - jamoada hamma yaxshi ko'radigan kuchli futbolchilar bo'lgan.
- "Rostov" o'tgan mavsum ham yaxshi start olgandi, biroq yakunda to'qqizinchi bo'ldi. Bahorda nima etishmadi?
- Autsayderlarga qarshi bahslarda ko'p ochko yo'qotdik. Balki raqibga to'g'ri baho bermagandirmiz. Nimadir etishmadi. Joriy mavsum bunday vaziyatlarga ko'proq etibor beryapmiz. Karpin jadvalga qaramaslikni, ochkolarni oxirida sanashimizni aytdi.
- Aytgancha, Karpinning mashhur "Xo'sh?" so'zini necha marta eshitgansiz?
- Har kuni eshitaman!
- Sergey Parshivlyuk "Rostov"da o'ynagan paytida murabbiylarga Karpin oldiga borib, malaka oshirishni maslahat bergan edi. Mashg'ulotlarda o'zgacha biror narsa bormi?
- Karpin taktikaga ko'p vaqt ajratib, taktika, pressing, o'z maydonida o'ynash haqida yaxshi tushuntiradi. U maydondagi joyimizni o'zi belgilab beradi.
Terma jamoada Ektor Kuper ham Karpin kabi pressing uyushtirishni xohlaydi.
- Rossiyadagi birinchi mavsumingizda "Rostov" yaxshi natija ko'rsata olmadi, siz esa kam maydonga tushdingiz. O'zingizni qanday tinchlantirdingiz?
- "Rostov"ga o'tganimda shunday bo'lishini bilgandim. Hech kim meni tezda asosiy tarkibga qo'ymaydi. Imkoniyatlarni kutdim. Bir kun kelib hammasi yaxshi bo'lishi haqida o'ylardim. O'zimni shunday tinchlantirdim. Karpin menga ishonishini, shunchaki ko'proq ishlash kerakligini aytgan.
- Osiyo Kubogi - burilish nuqtasimi?
- Terma jamoada o'zimga bo'lgan ishonchim "Rostov"dagidan ko'proq bo'ladi. Osiyo Kubogi ishonchni yanada oshirdi. Birinchi o'yin eng muhimi edi - Ummonni mag'lub etdik. Zaxirada edim, keyin maydonga tushib, gol urdim. Jamoaga yordam berishni juda istagandim.
- Yaponlar bilan mo'jiza yaratdingiz. Kimning goli zo'rroq: Siznikimi yoki Normanniki?
- Normanniki albatta.
- Bir marta Ivelin Popov bilan penaltidan bahs boylagan ekansiz. Keyin u sizni 50 marta erga tayangan holatda yotib turishga (otjimaniya) majbur qilgan ekan.
- Ha, esimda. Ammo bunaqasi jamoada kam ro'y beradi.
- "Rostov"dagi birinchi mavsumingizda "Amkar" bilan aqldan ozdiradigan penaltilar seriyasi bo'lgan - 9:10. Yo'l qo'ygan xatoingizdan keyin nima bo'lgan?
- Yigitlar qo'llab-quvvatlab, hammasi joyida ekanligini aytishgan. To'g'risini aytsam, ikkinchi marta zarba berishga tayyor emasdim. Bungacha etib kelishini kutmagandim. Natijada xato qildim.
- So'nggi bor sizni qachon Messiga tenglashtirishdi?
- To'g'risi, bu "Rostov"da boshlandi. Ammo bu haqida eshitganimga ancha bo'ldi.
- "CHelsi"ga muxlislik qilasiz. Lempardga ishonasizmi?
- Ularda vaziyat juda qiziq, yoshlar ko'p. Jamoa o'zgaryapti, ammo kerakli darajaga qaytish uchun vaqt kerak.
- O'zingizni Xitoyda tasavvur qilmayapsizmi? Sizga qiziqish bo'ldimi...
- Yo'q, bu amalga oshishi qiyin. Hozir ularning chempionati yanada qizib boryapti, ammo baribir o'tmasam kerak.
- Siz deyarli Afg'oniston bilan chegaradosh hududa katta bo'lgansiz. Bu o'zi qanday joy?
- Yozda juda issiq - 44 daraja. Boshqa hududdagi akademiyada tahsil olganman. Bolaligimizda kunning o'rtasida maydonga tushardik, o'sha paytlar hech narsani his qilmaganmiz. Rostovdagi ob-havo Toshkentdagiga o'xshaydi - biroz namlik ko'p.
- Yaqinda Rostovda "Den goroda" bayrami bo'ldi. Sayr qildingizmi?
- Yo'q, sochimni kaltalatgani chiqdim, ammo ko'chada odam ko'pligini ko'rdim va sayr qilib bo'lmasligini tushundim.
- Bir paytlar Rivaldo "Bunyodkor"da o'ynagan. U haqiqatdan ham O'zbekiston chempionatida juda zo'r o'ynaganmi? Bunday futbolchi har mavsum 50ta gol urishi kerak...
- 50ta emas. Ammo uning o'yinini ko'rib zavq olganman.
- Bitta bahsda uni maydonga olib chiqqan ekansiz. Braziliyalikning qo'li baquvvatmidi?
- Oddiy qo'l! Xa-xa.
Fikrlar