Xitoy 1-ligasi. Babayan shogirdlari bu turda ham g'alaba qozonib, peshqadamga aylandi (+jadval)
17 sen 2020 22:20
Yangiliklar


Xitoy 1-ligasi. Babayan shogirdlari bu turda ham g'alaba qozonib, peshqadamga aylandi (+jadval)
Xitoy Superligasidan keyingi o'rinda turuvchi chempionatning 2-tur bellashuvlari yakunlandi.
Tur doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi “CHanchun Yatay” mehmonda “Xuakayer FK” bilan bahs olib borib, 2:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Aytish joiz, 38-daqiqadan boshlab mezbonlar bir kishi kam bo'lib harakat qilishdi. Gu Czyuncze qo'polligi uchun maydondan chetlatilgan.
Mazkur muvaffaqiyatdan keyin Babayan shogirdlari “C” guruhida 6 ochko bilan peshqadam bo'lib oldi.
“CHanchun Yatay” keyingi turni 20 sentyabr kuni “Nantong Jiun”ga qarshi o'tkazadi.
“Xuakayer FK” – “CHanchun Yatay” 0:2 (0:1, 0:1)
“Czyanin” o'yingohi
Gollar: Di Gao 9, Tan Long 82
CHetlatish: Gu Czyuncze 38
TURNIR JADVALI
O’xshash yangiliklar

Fikrlar