Xerardo Martino: “Ronalduni tabriklayman, ammo jahoning eng yaxshi futbolchisi “Barselona”da o'ynaydi”
16 jan 2014 11:51
Yangiliklar


Xerardo Martino: “Ronalduni tabriklayman, ammo jahoning eng yaxshi futbolchisi “Barselona”da o'ynaydi”
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino “Oltin to'p” sovrini “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduga berilganini izohlab o'tdi.
-Messi “Oltin to'p” sovrini qo'lga kirita olmaganidan norozi?
-Bir daqiqa. Avvalambor o'sha kechqurun sovrinni qo'lga kiritgan Krishtianuni tabriklayman. “Oltin to'p” – futbolchining o'yinlariga yanada ko'rk bag'shlaydigan muhim sovrin.
Biroq jahonning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish bir masala, sovrinni qo'lga kiritish esa boshqa masala. Jahonning eng yaxshi futbolchisi esa bizning jamoada to'p suradi.
Messining yagona istagi “Barselona” va Argentina terma jamoasida katta natijalarga erishish xolos. Leo “Oltin to'p”ni qo'lga kirita olmaganidan juda ham xafa deb o'ylamayman, - deydi Martino.

Fikrlar