Xenderson: "Italiyaga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi"
11 iyu 2021 12:12
Yangiliklar
Xenderson: "Italiyaga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi"
Angliya termasi xavbeki Jordan Xenderson Evro-2020 finali doirasida Italiyaga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"Bu muhim o'yin va biz uchun juda katta imkoniyat. "Liverpul" bilan ECHL finalida o'ynashdan boshqacha hissiyotlar bahsh etmoqda. Biz "Uembli"damiz, uyimizdamiz, bu erda umuman boshqacha atmosfera hukm suradi.
Futbol hayotidagi eng muhim xodisalardan birida natija qayd etishga yaqin turibmiz. Italiya - ajoyib jamoa va shuning uchun ham finalgacha etib keldi. Ularning himoyasi eng mustahkami, shuningdek, hujumchilari ham juda kuchli. SHu boisdan bizga qiyin bo'ladi.
Agarda biz o'z darajamizni ko'rsatib, kutilgan o'yinimizni namoyish qila olsak, Italiya termasini qiynab qo'ya olamiz", - dedi Xenderson.
Fikrlar