So’nggi yangiliklar

09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  8 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6

Xayr, Zidan. Buyuk ketish Yangiliklar

Xayr, Zidan. Buyuk ketish

Teglar :  Zinedin ZidanReal
Bugungi kunning eng yomon va kutilmagan xabarlaridan biri - Zidanning "Real"dan ketishi bo'ldi.

Albatta, ketma-ket uch marta ECHL sovrinini qo'lga kiritgan murabbiyni kim ham ketkazib yuborardi? Zidan "Real" murabbiyi bo'lganidan keyin juda ko'plab rekordlarni yangilab tashladi. "Real"ni jardan olib chiqdi, birdaniga chempion qilib yubordi. Jamoa bilan o'zi qatnashgan deyarli barcha turnirlarning sovrinlariga ega chiqdi. Qanday qilib shunday buyuk mutaxassisga istefo berish mumkin?

Albatta, u murabbiylik faoliyatini yakunlamasa kerak. U buyuk murabbiylardan biri ekanligini ko'rsatib bo'ldi. Murabbiy qanday ishlash kerakligini ko'rsatdi. Jamoani jardan olib chiqdi. Tan oling, u "Real" boshqaruviga borguniga qadar, barchasi minus tomonda edi. U jamoani shunday darajaga olib chiqdiki, xuddi to'satdan vafot etgan insondek "Real"dan ketdi.

100 yil, yo'q, hayotda bunday inson tug'ilmaydi. Hech kim Zizu kabi bo'lolmaydi, 100 yilda ham hech kim Zizuning 3 yillik natijalarini takrorlay olmaydi. Nafaqat takrorlamaydi, yaqiniga ham kela olmaydi. U "Real"ga g'oliblik ruhini olib kirdi, futbolchilar bilan alo darajada ishladi.

Aslida, uning ketishi ancha oldinroq aniq bo'lgandek. Ronaldu ketamanga o'tib oldi. Bu bilan Ronaldu nimadandir darak bergandek.

Bilasiz, matbuot anjumanidagi murabbiyning barcha gaplariga ham ishonib bo'lmaydi. Orada nimadir bo'lganki, dab-durustdan murabbiy ketishni istab qoldi. Yoki obro' borida... deb miyadan o'tkazdimi? Yoki qo'rqdimi? Yo'q, nimadir bo'lgan, bo'lmasa bunday natijalarga erishgan murabbiyning ketishini hech kim istamaydi. To'g'rimi?

Zidan o'zining "Real"dagi so'nggi matbuot anjumanida qanday o'tirganini ko'rdingizmi? Og'ir, bosiq, vazmin. Kuldi, jahl qilmadi, barchasidan mamnun bo'lib o'tirdi. Xuddi, "Real"dan ketishini ancha oldindan beri rejalashtirib qo'ygandek. Bu yangilik antirealchilarni ham shokka tushirdi, kayfiyatini buzdi, kulib turgan insonni ham jiddiy ahvolga solib qo'ydi.

Zidan 2006 yilda "Real"ni buyuk futbolchi sifatida tark etdi va oradan 10 yil o'tib, buyuk qaytishni amalga oshirdi. Tarixni qayta yozgan inson endi buyuk murabbiy bo'lib "Real"dan ketdi. Ishoning u yana qaytadi.

Mirjalol Normatov

Reyting: +78   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика