So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  240 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Xayr, "pushka" yoxud Germaniya termasidagi polyak yigiti faoliyatiga nazar! Yangiliklar

Xayr, "pushka" yoxud Germaniya termasidagi polyak yigiti faoliyatiga nazar!

Kuni-kecha yana bir katta futbolchi, nemis futboli tarixida so'zsiz yorqin iz qoldirgan, millati polyak bo'lishiga qaramay, Germaniya termasi safida juda ko'p sovrinlarga ega bo'lgan o'yinchi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Tan oling, o'ttiz bir yosh – bu hali hech nima emas edi, "o'n gulidan bir guli ochilmagan" deyishadiku. Doimo yosh va navqiron Miroslav Kloze bilan solishtiradigan bo'lsak, Lukash hali ancha ter to'kishi kerak edi. Yana 1-2 yil o'ynab tursa, terma jamoada gollar ursa, ana bor hech yo'g'i ikkita gol! O'shanda chiroyli "50" ko'rsatkichi zabt etilardi. Lekin Podolskini bu kabi raqamlar, shahsiy rekordlar unchalik qiziqtarmaydi. 48 ta goli bilan ham qaxramonimiz kuchli uchlikda! Terma jamoa tarixidagi eng omadli to'purarlardan biri! Nahotki, maqtanishga arzimasa? So'zimiz avvalida yodga olganimiz - Kloze, hurmatli Gerd Myuller va Lukash Podolski – yomon eshitilmayapti-a, nima demadingiz?) 


Terma jamoa tanlash masalasi ham qiziq bo'lgan. Hali yosh yigit endi o'zini ko'rsata boshlaganda, Polsha OAVi mamlakat termasi bosh murabbiyiga hujumkor futbolchini jamoaga chaqirishni maslahat berishadi, ammo o'sha vaqtda terma ustozi bo'lgan  Pavel Yanas quyidagi fikrlarni bildiradi: "Bugungi kunda unga o'xshagan va undanda kuchliroq hujumchilarimiz etarli. Nega endi aynan uni termaga taklif etishim kerakligini tushunmayapman. 1-2 ta omadli o'yin ko'pchilikda bo'ladi. Bu mahalla jamoasi emas, Polsha termasi. Siz aytayotgan sportchi esa hali o'z klubida asosiy tarkibning muqim futbolchisi ham emas". Yillar o'tib, murabbiy katta xatoga yo'l qo'yganini tushungan bo'lsa ajab emas. O'shanda Lukas Polsha sharafini himoya qilish niyatida edi. Ammo...  

Podolski avvaliga Germaniya o'smirlar terma jamoasida (U-17) o'ynagan, 2004 yilda esa yoshlar termasi (U-21) tarkibida 5 ta uchrashuvda maydonga tushadi va keyinroq yoshlar o'rtasidagi Evropa CHempionatida qatnashadi. Vaqt o'tdi va o'z iqtidorini barchaga ko'rsatib, termaga loyiq ekanligini isbotlab berganda, Podolski endi faqat Germaniya haqida o'ylardi. O'shanda biror kim: "Poezdingiz ketib bo'ldi, o'rtoq Pavel Yanas" deganmikin? Bunisi endi umuman muhim emas. 

2004 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, "Kyoln" Bundesliga bilan xayrlashadi, lekin Germaniya terma jamoasi murabbiyi Rudi Fyoller qaxramonimizning o'yinlaridan shu darajada hayratlangan ediki, uni o'z jamoasiga taklif qiladi. Forvardning Germaniya termasi uchun debyut o'yini 2004 yilning 6 iyunida, Kayzerslautern shahrida vengrlarga qarshi bo'lib o'tadi. Bahs oxirida o'yinga qo'shilgan Podolski ikkinchi liga klubidan taklif etilib, Germaniya termasi tarkibida maydonga tushgan (1975 yildan to shu kungacha) tarixdagi birinchi futbolchi hisoblanadi. 

2005 yilda Lukas Evropaning (21 yoshgacha) eng kuchli uch futbolchisining biri deb tan olinadi. Italiyaning "Tuttosport" gazetasining talqini bo'yicha Podolskidan faqatgina Lionel Messi va Ueyn Runi kuchliroq deb topiladi. 



Lekin tanganing ikkinchi tarafi ham bor deganlaridek, Lukashning klublar miqiyosidagi faoliyati u qadar omadli va mukofotlarga boy bo'ldi deb bo'lmaydi. Bizningcha, ichki chempionatda porlagan yulduzlarni yoppasiga sotib oluvchi "Bavariya"ga ko'chib o'tish, futbolchi uchun oldinga tashlangan qadam bo'lmagan. Londonning "Arsenal"ida germaniyalik tahminan ikki mavsum yorqin o'yin namoyish etdi, keyin esa... Keyin Arsen aka Poldini Milan tomonga jo'natib yubordi. 

SHu tariqa, Lukas – o'rtamiyona futbolchi, uning o'yin darajasi Keln va Galatasaroydan uyog'iga o'tmaydi, har nima qilganda ham "top" klublar unga emas degan fikr qolib ketdi. Yana kimdirlarning aytishicha, Lukash baribir iqtidorini ohirgacha ko'rsatib berolmadi. Kim nima desa desinu, futbolchini bu kabi gaplar umuman qiziqtirmasligini aniq. 

Mehnatkash – aynan Podolskiga beriladigan tarif. Professional, o'z ustida sitqidildan ishlovchi, Rudi Feller, Yurgen Klinsmann va Yoaxim Levning qo'l ostida, maydonda har qanday vazifani bajarishga tayyor futbolchi. Bu ayni haqiqat, Podolski chap qanotda ham, vinger vazifasida va markaziy hujumchi sifatida ham foydalanilgan. Taktika qanday bo'lishidan qatiy nazar, Lukash jamoa foydasi uchun harakat qilardi. CHap oyoqdagi juda kuchli zarbasi muxlislar yodida ko'p yillar saqlanib qoladi. Jahon chempionati-2010 doirasida Avstraliya darvozasiga urilgan gol, 201 km/soat tezlikda uchgan to'p va Roberto Karlosning o'sha mashhur rekordi ham o'shandan ikkinchi! 

U jimgina o'z ishini qilib yurdi va shuning uchun ham muxlislar hurmati, murabbiylar shtabining ishonchiga loyiq ko'rildi. 



Avstriya va SHveycariya maydonlarida o'tgan musobaqa kumush medali, Janubiy Afrikadagi Jahon CHempionati bronza medali va Braziliyadagi turnir oltini! Xabaringiz bor, sport musobaqalarida 3 turdagi medallar mavjud - oltin, kumush va bronza. Qaxramonimizda ham istagan medalingiz topiladi. Futbolchi sifatida chinakam baxt uchun yana nima kerak? 

Evro-2016 startiga oz qolganda, OAVda Yoaxim Levning qarori, yakuniy tarkibga Podolski ham kiritilgani, qizg'in muhokama qilindi. Ko'pni ko'rganlar aytishganidek, avval sen obro' (avtoritet) uchun ishla, keyinchalik obro' sen uchun ishlaydi. Bu borada Lukashga teng keladigani hozirgi tarkibda kam topiladi. Yoshlarga o'rnak, ichki muhitni, murabbiy fikrlarini juda yaxshi biladigan, nafaqat press-konferenciyalardagi provokacion savollarga uchtalik bilan javob bera oladigan, balkir zahiradan maydonga tushib, jamoa o'yinini jonlantira oladigan futbolchi edi Lukash. Lekin sportchini "Inter" jamoasiga ijarasi va u erdagi o'yinlari bilan maqtab bo'lmaydi, ammo Galatasaroydagi mavsum, 13 ta gol va 9 ta golli uzatma jurnalistlar bilan "bahsda" yaxshi qurol vazifasida hizmat qildi Yoaxim uchun. Yosh futbolchilarni tarkibga jalb etish kerak, lekin Lev o'z principlariga sodiq va doimo o'z ehtiyotini qilib, tajribali shogirdlarini o'zi bilan olib yuradi. 



"Lukas doim jamoa uchun jon kuydiradi, hech qachon terma safida o'ynashdan bosh tormagan. Mashg'ulotlarda ham, o'yin vaqtida ham ishiga masuliyat bilan yondoshishi uning etirofga loyiq jihatlaridandir. Biz uni qo'llab-quvvatlashimiz zarur", - deya takidlagandi Lev.

Evroda Lukas slovaklarni "mazasi qochgandan" keyin maydonga tushirildi va so'nggi 15 daqiqa bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi.  

Yaqinda Bastian SHvaynshtayger ham xalqaro faoliyatini yakunlashi haqida elon qilgandi. Jamoa veterani – shubhasiz, nemis futbolining tarixiy vakillaridan biri, faoliyatining eng yaxshi yillarida - chinakamiga devor, darvozabon - u xoh Oliver Kan bo'lsin, xoh Yens Lemann yoki Manuel Noyer bo'lsin, raqib kiper uyoqda tursin, jamoasi jarima maydonchasiga ham yaqin yo'latmagan. Endi Lukasning navbati etdi. Balki, u Basti kabi mashhur emasdir, lekin u kabi stabil ("Arsenal" va "Inter"dagi faoliyatini inobatga olmaganda), ajoyib futbolchilik faoliyati sohibi. Hech bir mubolag'asiz, katta yutuqlarga erishgan, muxlislar mehrini qozongan butun bir avlod ketmoqda. Lukash uydagi Jahon CHempionatida (2006) bronza bilan kifoyalanishga majbur bo'lgan avlodning so'nggi vakili. Ko'proq narsa kutilgan, lekin keyingi g'alabalarga zamin yaratgan, poydevor vazifasini o'tagan - bronza.

Yana bir buyuk futbolchi faoliyatini yakunladi! Hayot qonuni shu - vaqti kelib hamma ketadi. Insondan yaxshi nom va qilgan yaxshi ishlari qolgandek, Lukas Podolskini ham muxlislar hali uzoq vaqt o'ziga xos o'yinlari tufayli eslab yurishadi degan umiddamiz. Barchasi uchun rahmat senga Lukas Podolski!  


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика