Xavi: "Teng o'yin bo'ldi"
30 iyu 2023 11:55
Yangiliklar
"Eng avvalo shuni aytishim kerakki, o'yin teng kurashlar ostida kechdi. Unda futboldagi barchasi bo'ldi: bazida biz to'p bilan bo'ldik, bazida shoshildik, aslida jismonan bunday kuchli jamoa bilan shoshilib o'ynash yaramaydi. Ular jismoniy jihatdan butun dunyoda eng zo'rlari.
Bugun biz unday o'yin ko'rsata olmadik, shu sababli o'yinni yaxshi yoki yomon deb bo'lmaydi. Jamoa oxirigacha kurashganidan mamnunman. Bu klasiko va buni normal holat deb hisoblayman. Aslida o'rtoqlik o'yinlarida bunday kurashuvchanlikni deyarli ko'rmaymiz.
Yaxshi natija uchun kurashdik, ammo bu bizning yaxshi o'yin ko'rsatganimizni anglatmaydi. "Real" tarkibidagi sifatli futbolchilar biznikidan ko'proq. Bu borada ularda imkoniyat teng emas. "Real"ning tarkibi juda mukammal. Jamoaning kurashganidan mamnunman. Ammo hali ishlashimiz kerak bo'lgan ishlar ko'p", - dedi "Barselona" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar