Xavi Obameyangni boshqa klubga qo'yib yubormoqchi emas
18 avg 2022 10:38
Yangiliklar


Xavi Obameyangni boshqa klubga qo'yib yubormoqchi emas
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Per-Emerik Obameyangni boshqa jamoaga qo'yib yubormoqchi emas.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, forvardga faol tarzda "CHelsi" qiziqish bildirmoqda. Klub tez orada futbolchi bilan bitim shartlarini shaxsan muhokama qiladi.
Xavi afrikalikka ishonch bildirmoqda va uning transferini ushbu yozda ko'rib chiqmaydi.
Obameyang ispan klubiga 2022 yilning yanvarida kelgan edi. U klub tarkibida 23ta o'yinda 13ta gol va 1ta assist qayd etdi. SHartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
16:55
Luis Dias yozda "Liverpul"dan "Barsa"ga o'tmoqchi. Vingerning agenti bu haqda Dekuga xabar berdi 23

Fikrlar