Xavi "Nyu-York Siti"ga o'tadi
04 mar 2015 10:24
Yangiliklar


Xavi "Nyu-York Siti"ga o'tadi
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi Ernandes joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Nyu-York Siti" safini to'ldiradi.
Xabarlarga ko'ra, guvohlar Xavini otasi Xoakin, agenti va MLS klubi vakillari bilan ko'rishgan. Uchrashuv davomida Xavi "Nyu-York Siti"ga o'tishga rozilik bergan.
Eslatib o'tamiz, "Nyu-York Siti" 2014 yilning yozida Xaviga qiziqish bildirgan edi, ammo futbolchi Kataloniya klubida qolishni afzal ko'rdi.

Fikrlar