Xavi: "Mourinyuning uslubi - himoyaviy. Mening jamoalarim hech qachon bunday o'ynamaydi"

Aslanov Jasurbek
24 okt 2018, 18:45
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavining takidlashicha, u Joze Mourinyu uslubidagidek himoyaviy futbol o'ynashni istamaydi.

"Mourinyuning uslubi - himoyaviy, uning "Interi"ga qarshi o'ynash qiyin bo'lgandi. Bu uning uslubi, murabbiy "Chelsi" va "Real"dam ham ushbu o'yin turini qo'llagan. U raqib harakatlanmasligi uchun chiziqlarni yopishni yaxshi ko'radi.

Men boshqacha uslubni xush ko'raman. Tanqid qilayotganim yo'q, ammo bu uslub menga yoqmaydi. Mening kelajakdagi jamoalarim bunday o'ynamaydi" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca