Xavi: "Messi "Barselona"da buyruq bermaydi va u Luis Enrikedan meni o'ynashimni so'ramagan"
23 dek 2014 14:17
Yangiliklar


Xavi: "Messi "Barselona"da buyruq bermaydi va u Luis Enrikedan meni o'ynashimni so'ramagan"
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi Ernandes Lionel Messi tufayli o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Rostdan ham shuday o'ylashyaptimi? Messi bunday ish qiladigan inson emas. U kiyinish xonasida buyuruq bermaydi. Odamlar o'z fikrini bildira olishi bu yaxshi, lekin bu gap noto'g'ri" - deydi Xavi.
Eslatib o'tamiz, Xavi milliy chempionat uchrashularida 11 marotaba maydonga tushgan va ularning sakkiztasida o'yinni asosiy tarkibda boshlagan.

Fikrlar