Xavi: "Bundan ko'prog'ini orzu qilib bo'lmaydi"
07 iyu 2015 12:12
Yangiliklar


Xavi: "Bundan ko'prog'ini orzu qilib bo'lmaydi"
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi "Yuventus"ga qarshi kechgan CHempionlar ligasi finali haqida fikr bildirdi.
"So'zim yo'q. Bu ajoyib. Bundan ko'prog'ini orzu qilib bo'lmaydi. Jamoamiz va muxlislarimizga tarif bera olmayman. Bu jamoada boshqa o'ynay olmasligim haqida o'ylash juda og'ir. Final juda ajoyib o'tdi.
Luis Enrike bunga loyiq edi. Mavsum boshida ko'pchilik uni tanqid qildi, ammo u jamoaning etakchisi bo'ldi. Murabbiylar shtabi katta ko'lamdagi ishni bajarishdi. Luis Enrike jamoada qolishi kerak" - deydi Xavi.

Fikrlar