Xavi "Barselona"dan ketishini ma'lum qildi

Aziz Tukhtamuradov
21 may 2015, 17:29
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi yozda jamoadan ketishini ma'lum qildi.

"Mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani tark etaman. Bunday qarorga kelish oson bo'lgani yo'q. "Al-Sadd"da o'ynayman. Ikki yilga shartnoma imzolanadi.

"Barselona" ham menga 2018 yilgacha shartnoma taklif qildi. Lekin, men qarorni qabul qilib bo'lgandim.

Qatarda meni qiziq loyiha kutib turibdi. Biroq, bir kun kelib men "Barselona"ga, yani, uyimga qaytaman", - deydi futbolchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru