Xavi: "Agar Braziliyadagi omadsizlik haqida bilganimda, Ispaniya terma jamoasini oldinroq tark etgan bo'lardim"
18 dek 2014 13:48
Yangiliklar


Xavi: "Agar Braziliyadagi omadsizlik haqida bilganimda, Ispaniya terma jamoasini oldinroq tark etgan bo'lardim"
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Xavi Ernandes 2014 yilgi mundialdagi milliy jamoasining muvaffaqiyatsizligini bilganda, terma jamoadan oldinroq ketgan bo'lishini malum qildi.
Visente del Boske shogirdlari JCH-2014da guruh bosqichida qolib ketishgan.
"Men Evro-2012dan so'ng terma jamoani tark etmochi edim va del Boskega futboldan rohat olmayotganimni, yoshlarga joy bo'shatish kerakligini aytdim. Ammo u menda depressiya borligini va jamoa uchun kerakligimni takidladi. Agar Braziliyada bizni nima kutayotganini bilganimda, oldinroq Ispaniya terma jamoasini tark etgan bo'lardim. Hozirda xotirjamman, oilam va do'stlarim davrasida o'zimni yaxshi his qilyapman" - deydi Xavi.

Fikrlar