So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  0 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Xavi 2016 yilda o'zbek klublariga qarshi o'ynashi mumkin Yangiliklar

Xavi 2016 yilda o'zbek klublariga qarshi o'ynashi mumkin

Xabaringiz bor, kecha Xavi Kataloniyada maxsus matbuot anjumani tashkil etgan holda, keyingi faoliyatiga oydinlik kiritib o'tdi.
Faoliyatini to'liq kataloniyaliklarga bag'shida etgan Xavi, u erda 25 yil davomida to'p tepdi. 35ni qarshi olgan yarim himoyachini "Al Sadd"ga  o'tishi haqidagi gaplar ancha avval chiqqan bo'lishiga qaramay, ko'pchilik uni inkor etib kelayotgan edi. Matbuot anjumanida futbolchi barchasi rost ekanligini tasdiqladi.



"SHuni malum qilamanki, men "Barselona"dan ketyapman. Hayotimning 25 yilini shu klubga bag'ishladim. Aslida yana bir yil qolsam bo'lar edi, lekin o'ynab qolay deyapman. 2014/15 yilgi mavsumni ham "Barselona"da yakunlayotganimni o'zi katta baxt. Biz o'z oldimizga qo'ygan uchta vazifadan bittasini bajardik, yana ikkita final arafasida turibmiz", - deydi jahon chempioni.

Yildan yilga futboli oldinga qarab ketayotgan Qatar haqida u shunday deydi:
- Qatar menga juda katta loyiha bilan chiqdi. Avvaliga u erda ikki mavsum  "Al Sadd" sharafini himoya qilaman, shundan keyin jamoa boshqaruviga o'tishim kerak. Qolaversa "Espayr" (Aspire academy) akademiyasining ravnaqi yo'li va Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022 uchun mezbonlarning vakili sifatida ishlayman. Qisqasi ular men uchun har tomonlama qulay bo'lgan shartnomani taklif qildilar.

"Barselona"dagi hayotidan to'liq qanoat hosil qilgan futbolchi, u erdan ketish oson bo'lmayotganligini qayd etdi.
-  Men bu erda har qanday futbolchi orzu qilishi mumkin bo'lgan yutuqlarga erishdim. Jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan birga faoliyat olib bordim. To'g'ri, hali "Al Sadd" bilan rasmiy shartnomaga ega emasman, balki "Barselona"da qolarman, lekin to'g'risini aytganda, o'zim uchun ideal bo'lgan shartnomani qo'limga tutrazishdi.



30 may kuni "Barselona" Xavining sardorligida Ispaniya Kubogining finalida Bilbaoning "Atletik" va 6 iyun kuni esa ECHL finalida "Yuventus"ga qarshi maydonga tushishga yaqin turibdi.
"Bu ikki final "Barselona"dagi ertagimning ajoyib intihosi bo'lar edi", - deydi Xavi matbuot anjumani so'nggida.

2016 yilgi mavsumda OFK chempionlar ligasi saralash o'yinlarining ikkinchi bosqichidan kurashga qo'shiladigan "Al Sadd", bu bosqichdan o'ta olsa, so'nggi saralash o'yinlarida O'zbekiston chempionatida uchinchi (agar kubok g'olibi uchlikka kirgan bo'lsa to'rtinchi) o'rin egasiga qarshi o'ynashi mumkin bo'ladi. "Al Sadd" guruh o'yinlari yo'llamasini qo'lga kiritadigan bo'lsa, mazkur bosqichda ishtirok etadigan 3ta jamoamiz bilan bir guruhdan joy olishi mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 2015 yilgi mavsumda pley off bosqichidan guruh o'yinlariga qo'shilgan "Al Sadd" 1/8 finalda "Laxviya"ga qarshi birinchi o'yinini o'tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика