Xaver Tebas: "Barselona" kimnidir sotmasa, Messining qolishi imkonsiz"
09 iyu 2021 01:11
Yangiliklar
Xaver Tebas: "Barselona" kimnidir sotmasa, Messining qolishi imkonsiz"
La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" futbolchisi Lionel Messining kelajagi haqida gapirdi.
"Messi yangi mavsumni "Barselona" klubida boshlaydimi yoki yo'q, buni bilmayman. Agar klub kimnidir sotmasa, bu shunchaki imkonsiz.
Maoshlarning yuqoriligi bu masalaning birinchi tomoni. Boshqa tarafdan esa, "Barselona" "1x4" qoidasiga ko'ra yangi futbolchilarni sotib olishi ham, yoki shartnomalarni uzaytirishi ham mumkin emas. "1x4" qoidasi bu - olingan to'rt evrodan siz faqat bir evronigina ishlata olishingizdir", -dedi Xaver Tebas.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messining "Barselona" bilan shartnomasi allaqachon o'z yakuniga etgan, Leo hozirda erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar