So’nggi yangiliklar

10:17Терма жамоаларнинг қишки йиғини: олдинга қадамми ёки орқага?  10 09:46Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди  6 09:18Юрген Клопп Германияда янги лига ташкил этиш устида ишламоқда  3 08:39Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  80 08:15Анталия–2026: "Локомотив"нинг назорат учрашувларидаги рақиблари маълум  0 07:51Бугун Суперлигага қуръа ташланади  11 02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  4 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  1 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  8 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  7 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  1 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1

"Xatko" mutaxassislari Olmaliqda bo'lishdi Yangiliklar

"Xatko" mutaxassislari Olmaliqda bo'lishdi

Turkiyaning jahonga mashhur "Xatko" firmasi mutaxassislari Olmaliq shahrida bo'lib, AGMK futbol klubi rejalashtirayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AGMK futbol klubiga qarorgoh (baza) hamda bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi barpo etish uchun loyihalashtirish ishlarini boshlab yuborgan. Ushbu gigant loyiha bilan tanishish uchun Olmaliq shahriga O'zbekiston futbol associaciyasida vice-prezident lavozimida ish boshlagan Odil Ahmedov taklif etilgan edi. Hozirgi kunda klub qarorgohi va futbol akademiyasi bino-inshootlarini loyihalashtirish ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.

Klub qarorgohi va futbol akademiyasi barpo etiladigan "Metallurg" stadioni xududidagi futbol maydonida bugungi kunda AGMKning U-21 hamda ayollar jamoalari uy uchrashuvlarini o'tkazadi. Baza va akademiyadagi bunyodkorlik ishlari boshlanib ketgach esa U-21 va ayollar jamoalari uy uchrashuvlarini o'tkazadigan, O'FA va O'zPFLning minimal talablariga javob beradigan vaqtinchalik maydonga ehtiyoj sezila boshlaydi.

SHu munosabat bilan AGMK futbol klubining asosiy jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan OKMK sport majmuasi stadioni xududida yangi, zamonaviy aqlli (smart) futbol maydoni barpo etish rejalashtirilgan.

SHu maqsadda, Olmaliq shahriga Turkiyaning "Xatko" kompaniyasi mutaxassislari taklif etildi. SHuni aytish kerakki, Gushan Xatko boshchiligidagi delegaciya O'zbekiston futbol associaciyasi taklifiga ko'ra yurtimizda mehmon bo'lib turibdi.

Turkiyalik mutaxassislar OKMK sport majmuasi xududida barpo etish rejalashtirilayotgan zamonaviy, aqlli (smart) maydon, shuningdek, klub qarorgohi va akademiya qurilishi ko'zda tutilgan xududda rejalashtirilayotgan uchta standart va ikkita kichikrok o'lchamdagi maydon bo'yicha loyiha ishlari bilan tanishishdi. Qolaversa, OKMK sport majmuasining asosiy stadioni maysalarini ham ko'zdan kechirishib, o'z takliflarini berishdi.

Qayd etish kerakki, OKMK sport majmuasi maydonida bundan 9 yil ilgari barpo etilgan bo'lib, hozirgacha O'zbekistondagi yagona gibrid (tabiiy va suniy qoplamali maydon aralashmasi) maydon hisoblanadi. "Xatko" kompaniyasi aynan gibrid maydonlar barpo etish bo'yicha jahondagi eng nufuzli brend hisoblanadi.

Turk mutaxassislari yangi maydonlar barpo etish va OKMK sport majmuasi asosiy maydonini qayta rekonstrukciya qilish bo'yicha o'z takliflarini berishdi.

SHuni qayd etish kerakki, AGMK futbol klubi shu kunlarda maydon chimi bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar, firmalar va ushbu soha mutaxassislari bilan o'zaro fikr almashmoqda. Yakunda ochiq tender o'tkazilinib, AGMK futbol klubi uchun sifat, narh va vaqt jihatdan eng maqbul taklif bilan chiqqan taraf bilan o'rnatilgan tartibda kelishuvga erishiladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика