So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Xatem Ben Arfa: Vaqti kelib CHLda ham JCHda ham g'olib chiqaman Yangiliklar

Xatem Ben Arfa: Vaqti kelib CHLda ham JCHda ham g'olib chiqaman

Teglar :  Xatem Ben ArfaPSJ
PSJning yangi yulduzi Xatem Ben Arfa Le Parisien nashri jurnalistlari bilan muloqot chog'i futbolda oxirgi so'zini hali aytmaganini baralla takidladi.

Franciyalik futbolchi xususan, CHL va JCHdek yirik turnirlarda g'alaba qozonish umidini uzganicha yo'q. U shuningdek, futbolga nisbatan shaxsiy qarashlarini bayon etishdan tashqari, Parij klubidagi umumiy holat va yangi mavsumdan nimalar kutayotgani xususida gapirib berdi. Etiborlisi, Xatem Ben Arfa PSJ jamoasiga o'ta engillik bilan moslashdi. Hujumchi jumladan, Los-Anjelesda tashkillashtirilgan fotosessiya jarayonida Marko Verratti bilan shunday kulishdiki, bu uning parijliklar safida o'zini suvdagi baliqdek yaxshi his etayotganidan dalolat.

- PSJdagi ishlar siz kutganidek ekanmi yoki...?

- Tushunarliki, jamoa oxirgi yillarda yangi darajaga chiqdi. Uning buyuk klubligi shundoq sezilib turibdi. Bu erda futbolchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Deylik, maydon holatini yaxshilash uchun olib borilayotgan ishlarni ko'rib, hayratda qoldim. O'yinchilar saviyasiga ham gap bo'lishi mumkin emas. Umuman, PSJni bir qarashda, Franciya terma jamoasiga o'xshatish mumkin. Mashg'ulotlar va o'yin saviyasi bir xil. Murabbiy ham amalga oshirayotgan ish ko'lami bilan kuchli taassurot uyg'otdi. Unai ayniqsa, taktik, texnik va jismoniy tayyorgarlikka katta etibor qaratyapti.

- Ish jarayoniga qo'shilib ketishingiz qiyinchilik tug'dirmadimi?


- Bu erda buyuk futbolchilar yig'ilishgan va ularning ko'plari anchadan buyon PSJ sharafini himoya qilishyapti. To'g'risi, yigitlarning ishga professionallarcha yondashishlaridan o'zgacha ilhom olyapman.

- Zlatan Ibragimovich ketgach, jamoada bosh yulduz vakolati bo'sh qoldi.


- Bizda bosh yulduz - bu jamoa va murabbiylar shtabi. Demoqchimanki, yagona yulduzga ehtiyoj yo'q. CHunonchi, ajoyib jamoa tuzish uchun superyulduzga ega bo'lish shart emas. Bunga Atletiko yorqin misoldir.

- Lekin aynan siz jamoaning bosh yulduziga aylanishingiz mumkin.


- Yo'q, buni xohlamayman. Aksincha, PSJga jamoaviy futbol evaziga sovrinlar yutishni tilayman.

- O'zingiz rejalashtirgandek, 29 yoshda jahondagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'la olasizmi?


- Bu masala ayni payt kun tartibida emas. Boz ustiga, shu manoda gapirganimga ancha bo'ldi.

- Bir oy avval taqdimot marosimida sizga shunday savol bilan murojaat etishdi: PSJ oliy maqsadingizga erishish imkoniyatini berarmikin?


- O'shanda Ha, albatta, deya javob berdim. Biroq bunda bazi narsalar tasiri bor.

 - Demak, qayta so'raymiz: o'z oldingizga jahon bo'yicha eng yaxshilardan biri bo'lish vazifasini qo'yasizmi?


- Tabiiyki, ha. Lekin jamoaning yuqoriga ko'tarilishi muhimroq.

- Futbolchilarning umumiy reytingida o'zingizni nechanchi o'ringa qo'ygan bo'lardingiz?


- O, hozir juda pastdaman. Ehtimol 1000-pog'onadadirman, balki 2000-qatorda. Harqalay, o'zimdan kuchli ko'plab futbolchilarni tilga olishim mumkin.

- Ben Arfa 10 yil oldingi holatida qolganmi yoki...?


- Ha, o'sha-o'sha Xatemman. To'g'ri, ancha ulg'ayib, sabrli bo'ldim.

- Orzular ham o'sha-o'shami?


- Mening orzularim... Yo'q, ular ham o'zgargan emas. Hozirgi holatda asosiy orzu - bu sovrinlar yutish. To'g'ri, endilikda barchasiga jamoa bilan erishmoqchiman. Yoshlikda esa asosan individual sovrinlarni o'ylaysan. Biroq aynan jamoa bilan qo'lga kiritgan mukofotlaring xotirangda abadiy muhrlanadi.

- Deylik, Franciya termasiga qaytish siz uchun hamon orzumi?


- Ha, albatta. Axir u ham jamoa-ku.

- Evro-2016 o'yinlarini kuzatdingizmi?

- O'sha vaqt tatilda edim va Franciya termasi ishtirokidagi barcha o'yinlarni diqqat bilan tomosha qildim. Tabiiyki, finaldan so'ng chuqur qayg'uga botdim. O'ylashimcha, jamoamiz bemalol chempion bo'lishi mumkin edi. Muhimi, ushbu tajriba bizga 2 yildan so'ng JCHda qo'l kelsa, bas.

- Nima yaxshiroq: Ben Arfani tekinga olishmi yoki Pogbani 120 mln. evroga xarid qilish?


- Pogba uchun 120 mln. evro sarflash maqulroq (kuladi).

- Mavsum yakunida nimadir yutishingizni tasavvur qila olasizmi?


- Bo'lmasamchi? Biz uchun CHL juda muhim. Ishonchim komil, PSJ bu safar turnirda g'alaba qozonish salohiyatiga ega. Klubda barchasi shunga yo'naltirilgan. Nima bo'lishidan qatiy nazar, bir kun kelib, CHL kubogini boshim uzra baland ko'taraman, baribir. SHuningdek, JCHda ham g'alaba nashidasini surishimga ishonaman.

- Ehtimol, jahon chempionligini Rossiyada nishonlarsiz...


- Bilmadim, bilmadim... SHunchaki, menda bu borada qandaydir ishonch bor.

- Bo'lajak mavsumda muxlislar yangi Xatem Ben Arfani kashf etisharmikin?


- Kimdir yangi Xatem Ben Arfa kashf etsa, bilingki, o'zim ham bunga guvoh bo'laman. SHunday ekan, birgalikda ko'ramiz...

A. QODIROV tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика