Xasselbaynk: "Ronaldu 2026 yilgi JCHda qatnashmasligi kerak"
21 mar 23:49
Yangiliklar


Xasselbaynk: "Ronaldu 2026 yilgi JCHda qatnashmasligi kerak"
"Ronalduning futboli JCH-2026ga kerak emas. Ronaldu uzoq yillar davomida dunyoning eng yaxshisi bo'ldi. Tarixdagi eng zo'r futbolchilardan biriga aylandi. Biroq hozirgi paytda u o'zining zarariga ishlamoqda, Portugaliya termasida o'ynab foyda keltirmayapti. Bu esa yomon asoratlarni keltirib chiqarmoqda.
Kelishning vaqti bo'lgani kabi ketishning ham vaqti bor. Uning ketadigan vaqti ancha oldin bo'lgan, u ketib, boshqalarga imkoniyat berishi kerak.
U Portugaliya termasidagi boshqa nomzodlardan zo'r deb o'ylamayman. Ayrim o'yinlarda pressing, boshqa uchrashuvlarda boshqacha vazifalarni qilish kerak. Hozirgi paytda u buni uddalay oladi deb o'ylamayman. Ketish uyatli ish emas. U 40 yoshdan o'tib ketdi va bu erda barchasi tabiiy holat sifatida qaraladi.
Menimcha Ronaldu Messidan keyin termadagi faoliyatini yakunlasa kerak", - dedi "Chelsi"ning sobiq futbolchisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar