So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  25 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

"Xarajatlar qiroli" - Ed Vudvord Yangiliklar

"Xarajatlar qiroli" - Ed Vudvord

So'nggi yillarda "Manchester Yunayted" keskin tanqidlar ostida qoldi. Etiroz bildirmagan tomon qolmadi.

Bunga qaysidir manoda klub sobiq bosh direktori Ed Vudvord aybdor edi. Uning davrida "qizil iblislar" futbolchilar transferi uchun 146 million funt sarflashdi. Xo'sh, u bu pullar evaziga kimlarni sotib oldi? Quyida bunga nazar solamiz.

Anxel Di Mariya

"Manchester Yunayted" argentinalik yarim himoyachini sotib olganida, u Premer-liga uchun rekord hisoblangan summa – 59,7 million funt evaziga kelgandi.

Di Mariya boshida yaxshi o'ynadi, lekin oradan ko'p o'tmay murabbiy Lui van Gal bilan kelishmovchilikka borgach, uning ishlari orqaga ketdi. Di Mariya yuqori sport formasidan ayrila boshladi. Keyinchalik rahbariyat argentinalik futbolchini PSJga 44,3 mln futnga sotishga qaror qildi.

Morgan SHnayderlin

"Sautgempton"da ajoyib  o'yinlar ko'rsatgan Morgan SHnederlen ko'plab klublarning etiborini tortdi va 2015 yilda aynan "Manchester Yunayted" "avliyolar" so'ragan pul – 25 million funtni to'ladi. 

Ammo ko'plab futbolchilar singari uning ham "Old Trafford"dagi ishlari yurishmadi. Joze Mourinyu uni qadrlamadi va kam ishonch bildirdi.

Natijada, 2017 yilda "Manchester Yunayted" franciyalik futbolchini 22 mln funt evaziga "Everton"ga sotib yubordi.

Memfis Depay

Depay Niderlandiya va jahon futbolining bo'lajak yulduzi hisoblanardi. 2015 yilda u 31 million funt sterlingga "Yunayted"ga o'tdi, biroq bu pullar nima uchun sarflanganini ko'pchilik tushunmadi, chunki hujumchi 53 o'yinda bor-yo'g'i 7 ta gol urgandi. 2017 yilning yanvarida "Lion" Depay transferi uchun  21,7 million funt to'ladi, ayni vaqtda Memfis "Barselona"da to'p tepmoqda.

Bastian SHvaynshtayger

2015 yilning yozida Bastian SHvaynshtayger faoliyatini yakunlashga tayyorgarlik ko'rayotgan vaqtida "Yunayted" u uchun 14,4 million funt taklif qildi, yarim himoyachi esa yangi ligada nimadir yutish uchun hali imkoniyat borligini anglab etdi.

"O'yin qaydnomasida SHvaynshtayger nomi tursa, raqiblarda qo'rquv paydo bo'ladi", – degan edi Vudvord.

Ed aytganidek, barchasi ko'ngildagidek kechgani yo'q. mashhur nemis o'yin amaliyotisiz qolib ketdi. Portugaliyalik murabbiy yakunda uni o'rinbosarlar tarkibiga yubordi. 2017 yilning martida esa Bastian MLS ishtirokchisi "CHikago Fayr" klubiga o'tdi. 

Maruan Fellayni

2013 yilda "qizil iblislar"ning Tiago va Sesk Fabregasni qo'lga kiritishga bo'lgan urinishi besamar ketdi. Natijada, MYU transfer oynasining so'nggi kunida "Everton" azosi Maruan Fellayni uchun 27 million funt sterling sarfladi. 

Muxlislarning unga ishonchi kamligiga qaramay, belgiyalik futbolchi van Gal va Mourinyu davrida muntazam o'ynab keldi. Biroq Ole-Gunnar Sulsher kelganidan so'ng Maruan zaxiraga ham ortiqchalik qildi. Yakunda "Manchester Yunayted" Fellaynini Xitoyning "SHandun Tayshan" klubiga sotib yubordi. Buning ortidan klub 10,4 million funtga ega bo'ldi. 

Matteo Darmian

Italiyalik himoyachi 2015 yilda 12,7 mln funt evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tdi. Darmiandan ko'p narsa kutishgandi, biroq u to'rt yil davomida asosiy tarkib futbolchisi nomiga ega bo'la olmadi. Doimiy ravishda zaxirada o'tirdi. Natijada, 2019 yilda "Parma" Darmianni 1,5 mln funt evaziga xarid qildi.

Ander Errera

"Manchester Yunayted" ispaniyalik xavbekning transferini 2013 yildayoq sotib olishga urindi, biroq harakatlar besamar ketganidan so'ng oradan bir yil o'tib "qizil iblislar" baribir Errerani sotib olishdi. Buning uchun Angliya klubi 29 mln funt sarfladi.

Futbolchi besh yil davomida "Manchester Yunayted" safida to'p tepdi. Klubning shartnomani uzaytirish bo'yicha taklifidan bosh tortdi va erkin agent sifatida PSJga ketdi.

Romelu Lukaku

2017 yilning yozida "Manchester Yunayted" Lukaku transferi uchun 75 million funt sterling sarf etdi. Dastlabki mavsumda uning jamoadagi ishlari yurishdi va barcha musobaqalarda 27 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi mavsumda esa Romeluning ishlari orqaga ketib, zaxirada qolib ketdi. SHu pallada "Inter" belgiyalik hujumchiga taklif bilan chiqdi va 74 mln funt evaziga qo'lga kiritdi. Hozirgi paytda u "CHelsi"da o'ynamoqda. 

Aleksis Sanches

Iqtidorli o'yinchi "Arsenal"dagi ajoyib o'yinlari orqali "Manchester Yunayted" qiziqishini uyg'otdi. MYU uni Genrix Mxitaryanga almashtirganida, ko'pchilik buni to'g'ri qaror deb o'yladi. CHililik futbolchi "qizil iblislar" safida haftasiga 500 ming funt maosh oldi. Jarohatlar va boshqa muammolar tufayli u atigi 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi hamda bor-yo'g'i 5 ta gol urishga erishdi. 2020 yilda esa u erkin agent maqomida "Inter"ga yo'l oldi. 

Markos Roxo

2013/14 yilgi mavsum oxirida Rio Ferdinand va Nemanya Vidich jamoani tark etgach, MYUga Markos Roxo keldi. Uning o'tishi uchun 16 mln funt sterling sarflandi. Unda ham jarohatlar va ishonchsiz o'yinlar kuzatildi. Natijada, u ko'p vaqtini zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. So'nggi to'rt mavsumda atigi 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 2021 yilda esa Argentina chempionatiga qaytishga qaror qildi.

Samandarbek tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика