So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  3 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  6 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  3 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Xames: "Hozir biroz orqaroqdan harakat qilyapman" Yangiliklar

Xames: "Hozir biroz orqaroqdan harakat qilyapman"

Teglar :  Xames Rodriges
Transfer huquqi "Real"ga tegishli bo'lgan "Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Qirollik klubi"ga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Zidan bilan munosabatim yomon emas. SHunchaki har hafta maydonga tushishni istayman. Zidan va "Real"ga yomonligim yo'q. Hammadan minnatdorman. SHunchaki o'z jamoam uchun yaxshi o'ynamoqchiman.

Ayni damda "Bavariya" futbolchisiman. Klubda baxtliman va o'z o'yinim haqida o'ylayapman. Ko'ramiz, faoliyatim qanday davom etar ekan, ammo hozir bor etiborim "Bavariya"ga qaratilgan.

"Real"da o'ynash imkoniyatiga ega bo'lganimda, doimo nimaga qodirligimni ko'rsatganman. Gol urishga, darvozani ishg'ol qilish uchun imkoniyat izlashga, jamoa uchun o'ynashga harakat qilganman. "Real" futbolchisi emasligimda kimdir aybdor deb o'ylamayman.

SHunchaki, jamoadoshlarimga finalga chiqish uchun yordam berish niyatidaman. Hammamiz shunga intilyapmiz. Stadionda meni qanday kutib olishlarini bilmayman. Menga mahalliy muxlislar yoqadi, doimo bor kuchimni ishga solaman va shu sababli, meni yaxshi kutib olishadi deb umid qilaman.

Hozir biroz orqaroqdan harakat qilyapman. "Real"dagidek raqib darvozasiga yaqin o'ynayotganim yo'q. "Bavariya"da ko'proq harakatlanishim, orqaga qaytib, pressing uyushtirishim kerak. Hamma futbolchilarga shunday talablar qo'yilgan" - deydi Xames.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика