Xames "Everton"ga "CHelsi"ga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi
12 dek 2020 12:42
Yangiliklar


Xames "Everton"ga "CHelsi"ga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi
Yarim himoyachi Xames Rodriges Angliya chempionati 12-turi doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.
29 yoshli kolumbiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining o'tgan turi doirasidagi "Byornli" (1:1)ga qarshi o'yinda jarohat oldi va undan keyingi haftada umuman shug'ullanmadi.
"Ko'klar"ga shuningdek SHeymus Koulman, Lyuka Din va Fabian Delf yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Everton" - "CHelsi" o'yini bugun bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar