Xames: “Bavariya” YCHL favoriti

16 fev 2018, 00:40
Ijara asosida “Bavariya”da to'p tepayotgan “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesning aytishicha, joriy mavsumda Myunxen klubi YCHL g'olibligiga asosiy da'vogar sanaladi.

“Bavariya” mening nazarimda, YCHL favoritlaridan biri. Bizda super jamoa va top futbolchilar jamlangan. Nima uchun biz Chempionlar ligasini btmasligimiz kerak?” deya Xamesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Bundesliga rasmiy sayti.

YCHL 1/8 finalida “Bavariya” Turkiyaning “Beshiktosh” klubi bilan kuch sinashadi. Birinchi uchrashuv 20 fevral kuni Germaniyada, javob o'yini 14 mart kuni Turkiyada o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Бундеслига расмий сайти