Xalqaro o'yinlarda gol urish bo'yicha SHomurodov Benzema, Saloh va Risharlisonlar bilan bir xil natija qayd etdi Yangiliklar

Xalqaro o'yinlarda gol urish bo'yicha SHomurodov Benzema, Saloh va Risharlisonlar bilan bir xil natija qayd etdi

IFFHS sayti 2022 yilda xalqaro o'yinlarda gol urish bo'yicha to'purarlar reytingini elon qildi.

Klublar o'rtasida o'tkazilgan xalqaro bahslardagi hamda terma jamoalardagi urilgan gollar hisobga olingan.

Birinchi o'rinni Lionel Messi egalladi (22ta gol). Ikkinchi o'rin Kilian Mbappega (21ta gol) nasib etdi. Qizig'i, ushbu reytingning kuchli o'nligiga hamyurtimiz, "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov ham kirdi.

Reyting:

1. Lionel Messi (Argentina) – 22 gola


2. Kilian Mbappe (Franciya) – 21


3. Xulian Alvares (Argentina) – 15


4-5. Erling Xoland (Norvegiya) – 14


4-5. Sado Mane (Senegal) – 14


6-7. Robert Levandovski (Polsha) – 13


6-7. Pedro (Braziliya) – 13


8-11. Eldor SHomurodov (O'zbekiston) – 12


8-11. Risharlison (Braziliya) – 12


8-11. Moxamed Salax (Misr) – 12


8-11. Karim Benzema (Franciya) – 12

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика