"Xall Siti" futbolchisi: "O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari taktikaga rioya qilib o'ynashdi"
22 jan 2019 15:03
Yangiliklar


"Xall Siti" futbolchisi: "O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari taktikaga rioya qilib o'ynashdi"
Avstraliya terma jamoasi va "Xall Siti" yarim himoyachisi Jekson Irvin O'zbekistonga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi nimchorak final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Bahs juda qiyin o'tdi. Ushbu o'yinda tavakkallar kam bo'ldi. Ikki jamoa himoyaga katta etibor berdi. Gol urish uchun bizda etarlicha imkoniyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Bunday og'ir uchrashuvda g'alaba qozonganimizdan juda xursandman.
O'zbekiston? Raqib futbolchilari taktikaga rioya qiladigan o'yinchilar ekan. O'zbekiston terma jamoasi himoyachilari tufayli hujum qilishda muammolarga duch keldik. Raqibimiz kuchli jamoa ekanligini isbotladi" - deydi Irvin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar