Xalil Oltinto'p: "Yuzaga kelgan vaziyatni to'g'ri baholashimiz kerak"
25 dek 2014 18:33
Yangiliklar


Xalil Oltinto'p: "Yuzaga kelgan vaziyatni to'g'ri baholashimiz kerak"
"Augsburg" hujumchisi Xalil Oltinto'pning takidlashicha, bundesliga birinchi davrasidagi muvaffaqiyatli o'yinlar murabbiy va futbolchilarning boshini aylantirib qo'ygani yo'q.
Eslatib o'tamiz, "Augsburg" birinchi davradan so'ng 27 ochko to'plab 6-o'rinni egallab turibdi.
"Yuzaga kelgan vaziyatga to'g'ri baho berishimiz kerak. Qolgan o'yinlarda ham oldingidek ko'proq ochko to'plashimiz lozim va bu ochkolar bundesligada jon saqlab qolish uchun etarli bo'lishi shart. Bu vazifani uddalaganimizdan so'ng, qo'limizdan kelganicha syurprizlar taqdim etishga harakat qilamiz" - deydi Oltinto'p.

Fikrlar