Xaligacha milliy terma jamoada o'ynamagan futbolchilar
27 apr 2016 19:10
Yangiliklar
Xaligacha milliy terma jamoada o'ynamagan futbolchilar
7. Aaron Krosvell ("Vest Xem"). APLda ushbu mavsumda etakchilar qatorida ketayotgan "Vest Xem" himoyachisi haliyam Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson etiboriga tushayotgani yo'q
6. Aymerik Laporte ("Atletik"). "Atletik"da xar tomonlama o'zini ko'rsatayotgan Aymerik Laporte Dide Deshamning fikricha haliyam Franciya terma jamoasida o'ynashga yoshlik qiladi
5. Aleks Teysheyra. ("Jiangsu Suni"). "SHaxtyor"ning sobiq futbolchisi braziliyada tug'ilgan istedodli hujumchilardan biri hisoblanadi. Afsuski, hech qachon Braziliya milliy terma jamoasi libosini kiymagan
4. Ektor Belerin ("Arsenal"). APLdagi eng tezkor futbolchilardan biri hisoblangan himoyachi nima uchun Ispaniya terma jamoasiga jalb etilmasligi faqatgina Visente Del Boskega ayon
3. Ander Errera. ("Manchester Yunayted"). "Qizil iblislar"ning muvaffaqiyatlariga o'z hissasini qo'shayotgan futbolchi ham Ispaniya milliy terma jamoasi libosida shu kungacha maydonga tushmagan
2. Fransis Koklen. ("Arsenal"). 24 yoshli futbolchi ham Franciya terma jamoasidan chaqiriq olishni kutib yurgan futbolchilardan biri hisoblanadi
1. Mark Nobl. ("Vest Xem"). Klubi safida 370dan ortiq o'yinda maydonga tushgan tajribali futbolchi xam Angliya terma jamoasi libosini kiyishga arziydigan yarim himoyachi hisoblanadi
Aziz To'xtamurodov
Fikrlar