So’nggi yangiliklar

00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  2 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:41ЛаЛига. "Барселона"нинг чемпионлик ўйини учун таркиби маълум!  12 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  4

Xayrulla Karimov: "Mavsum boshlanishi oldidan xushyorligimiz ortyapti" Yangiliklar

Xayrulla Karimov: "Mavsum boshlanishi oldidan xushyorligimiz ortyapti"

Ayni kunlarda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Turkiyaning Antaliya o'lkasida yangi mavsumga tayyorgarlik olib bormoqda.
O'tkazilayotgan mashg'ulotlar va nazorat uchrashuvlaridagi fikrlarini bilish maqsadida jamoamiz sardori Xayrulla Karimovga murojaat qildik.

- “Bunyodkor”ning mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlari, xususan Antaliyadagi yig'in ko'ngildagidek o'tyaptimi?
- Tayyorgarligimiz avvaldan tuzib chiqilgan reja asosida olib borilmoqda. Kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapmiz. Murabbiylar shtabi futbolchilarga foydali bo'lgan yuklamalarni berib, mavsumga tayyorlashyapti. Tashkiliy jihatdan ham hech qanday muammo yo'q.

- Murabbiylar shtabi ko'proq qanday mashqlarga urg'u beryapti?
- Bunday issiq o'lkalardagi yig'inlardan unumli foydalanib qolish kerak. Buni inobatga olgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi har bir jihatga alohida etibor qaratyapti. Jismoniy holatimizga ham, taktik uslubimizga ham tengma-teng yondashishyapti. Nazorat uchrashuvlarida asosan ikki tarkibga bo'lingan holda ishtirok etyapmiz. Meni xursand qilayotgani mashg'ulotlar davomida hamma futbolchilar shunchaki kun o'tkazishga emas, balki sidqidildan va vijdonan ishtirok etishmoqda.

- “Bunyodkor”ga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar jamoaga to'liq moslashib ulgurishdimi?

- Bu yil safimizni to'ldirganlar asta-sekin “Bunyodkor”ning o'yin uslubiga moslashib borishmoqda. Murabbiylarimiz maydondagi va uning tashqarisidagi nazariy mashg'ulotlarda yangi futbolchilardan nimalar istayotganliklarini ularga etkazib berishyapti. O'z navbatida yangilar ham o'zlaridan nimalar talab qilinayotganini asta-sekin tushunib borishmoqda. O'ylaymanki, mavsum startigacha yangilar va eskilar degan tushuncha butkul yo'qolib, maydonda va uning tashqarisida bemalol til topishib olamiz.

- “Bunyodkor” hozirgi holatida mavsumga necha foiz tayyor bo'ldi, deb hisoblaysiz?
- Quvonarlisi, kun sayin jamoada ijobiy o'zgarishlar bor. Avvalo, tarkibdagi raqobat futbolchilarni yanada ko'proq mehnat qilishga undayapti. SHuningdek, nazorat uchrashuvlari orqali harakatlarimiz yaxshilanib, bir-birimizni yanada osonroq tushuna boshlayapmiz. Qolaversa, rasmiy o'yin sanasi tobora yaqinlashayotgani bois futbolchilarning xushyorligi ortmoqda.

- Bolgariya klublariga qarshi o'tkazilgan nazorat uchrashuvlari haqida nimalar deya olasiz?
- Bu safar ham ikkita tarkib bilan o'yin o'tkazdik. Birinchi o'yinda hisob ochilmadi. Lekin bahs qiziqarli va kurashlarga boy bo'lganini aytib o'tishim kerak. Sofiyaning “Lokomotiv” klubiga bilan bo'lgan uchrashuv har ikkala tomon uchun ham foydali o'tdi, degan bo'lardim. O'yin taqdirini Voxid SHodiev tomonidan kiritilgan birgina gol hal qildi. Biroq butun bahs davomida maydonda ayovsiz kurash kechdi. Mana shu kabi o'yinlar biz uchun kerak. Xatolar ham yo'q emas. Lekin kamchiliklar ustida Turkiyadagi yig'inda ishlab, ularni tezroq bartaraf etishimiz lozim.

- Osiyo CHempionlar ligasida yurtimiz nomidan birgina “Bunyodkor”ni qolishi Sizlarga qo'shimcha bosib yuklaydimi?

- “Bunyodkor” endi xalqaro turnirda yanada masuliyatliroq ishtirok etishi kerak, deb o'ylayman. Osiyo CHempionlar ligasi oson musobaqa emas. Undagi har bir xato juda-juda qimmatga tushadi. SHu boisdan ham 2014 yilgi turnirda etiborliroq bo'lib o'ynashga harakat qilamiz. O'zbekiston sharafini munosib himoya qilib, muxlislarni xursand etish uchun bor kuch-qudratimizni ishga solamiz.

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика