So’nggi yangiliklar

07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  97 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3

Xayrulla Karimov: “Lokomotiv” bilan o'yinga tayyormiz!” Yangiliklar

Xayrulla Karimov: “Lokomotiv” bilan o'yinga tayyormiz!”

Bunyodkor”ning so'nggi paytda ko'rsatayotgan natijalari muxlislarni tashvishga solayotganini, klubga bo'lgan murojaatlarning ko'payganidan bilsa ham bo'ladi.
“Paxtakor”dan o'z maydonida mag'lub bo'lishi jamoani peshqadamlikdan mahrum qilsa, kubok doirasida o'z maydonida “Lokomotiv” bilan ijobiy natija qayd eta olmagani, “qaldirg'ochlar” bu yil chempionlik va kubokdan quruq qolishlari mumkin degan xavotirga solmoqda. Ertangi  “Lokomotiv” klubi bilan bo'ladigan muhim javob uchrashuvi oldidan biz jamoaning eng tajribali o'yinchilaridan biri va etakchisi Xayrulla Karimov bilan suhbat uyushtirdik.

-"Bunyodkor"ning statistikasini tahlil qilsak, so'nggi 3 yilda jamoa 2-davrani 1-davraga nisbatan bo'sh o'tkazgan. Yani birinchi davradagiga nisbatan 2010 yil 5, 2011 yil 9, 2012 yil 3 ochko kam jamg'arilgan. Lekin aynan shu 3 ochko jamoani chempionlikdan mahrum qildi. O'tgan mavsumda buni klub Osiyo chempionlar ligasiga ko'proq urg'u bergani, natijada bu musobaqada yarim finalgacha etib borgan jamoa milliy chempionatda oqsagani bilan izohlandi. Qolaversa, yakunda O'zbekiston kubogi qo'lga kiritilib, jamoa sovrinsiz qolib ketmadi. Lekin bu yil "Bunyodkor"ning ko'rsatkichlari sal bo'lsa-da, xavotirga solmoqda. Klub OCHLdan chiqib ketdi, milliy chempionatda peshqadamlikni berib qo'ydi, kubok yarim finalida uyda ijobiy natija qayd eta olmadi. Siz 6 yildan beri "Bunyodkor" azosisiz, jamoaning eng tajribali futbolchisi hisoblanasiz, klubdagi barcha o'zgarishlarga guvoh bo'lgansiz. Aytingchi, ko'rsatkichlarning pasayishi nimalar bilan bog'liq?
-“Jo'jani kuzda sanaydilar” deyishadi, xali kuz kelgani yo'q-ku (kuladi). Jiddiy aytadigan bo'lsam, rostdan ham xali biz xech narsani yo'qotganimiz yo'q. CHempionat tugashiga 10 tur qolganda 1 ochkolik farq xali xech narsani anglatmaydi. Vazifamiz o'zgarmagan va musobaqa yakunlanguncha chempionlik uchun kurash olib boramiz. Kubok yarim finalidagi birinchi o'yin natijasidan ham fojea yasash kerak emas. Biz uchun o'z maydoni yoki mehmon degan tushunchalar allaqachon ahamiyatini yo'qotgan. SHunday ekan, ertangi bo'ladigan “Lokomotiv” bilan o'yinga faqat g'alaba uchun tushamiz. Biz “Paxtakor” bilan o'yindan so'ng yig'ilib, jiddiy gaplashib oldik. Mag'lubiyatga uchramaydigan jamoaning o'zi yo'q. Lekin undan to'g'ri xulosa chiqarish, xatolarni tahlil qilish va ruhiy bosimdan chiqib ketish keyingi o'yinlar oldidan juda muhim. Hozir jamoamizda xech kimda ruhiy tushkunlik kayfiyati yo'q va biz ertangi bo'ladigan jangovar o'yin bilan buni amalda ko'rsatamiz. Albatta, bizni o'ta kuchli raqib qarshi oladi. Lekin biz jangga tayyormiz. Fursatdan foydalanib, muxlislardan ham ertangi o'yinda bizni munosib qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman. Ularning madadi biz uchun juda muhim!

-Ko'pchilik "Bunyodkor"ning zafarli onlarini tajribali o'yinchilar va kuchli legionerlar bilan bog'laydi. Lekin jamoa tarkibi butunlay o'zgarib, klubni yulduzli futbolchilar tark etgandan keyin ham, "Bunyodkor" o'z mavqeini saqlab qola bildi, mamlakat chempionligi va kubogi qo'lga kiritildi, OCHLda final ostonasigacha borildi. Bu g'alabalarning siri nimada edi?
-Siri – har qanday vaziyatda ham vazifadan og'ishmaslik. Men “Bunyodkor”ga kelganimdan beri bir necha bor global o'zgarishlarga guvoh bo'ldim. Klub tizimida ham, jamoa tarkibida ham. Lekin vazifa o'zgarmay qolaverdi. “Bunyodkor” oldiga barcha musobaqalarda maksimal natijaga erishish vazifasi qo'yilgan va biz imkon qadar uni amalga oshirishga intilamiz. Balki, shundandir, jamoa oliy ligaga qo'shilgandan beri xali biror marta sovrinsiz qolib ketmagan. 2011 yil boshida, tarkib butunlay o'zgarib, yulduzli futbolchilar klubni tark etishganda ham Mirjalol aka barchamizni g'alabaga ruhlantira oldilar va har birimiz buni uddalay olishimizga ishontirdilar. O'sha yili biz chempionlikni hech kimga topshirmadik. O'tgan yili esa kubokni qaytarib oldik.

Endi barqarorlikka kelsak, buni muntazam ushlash qiyin. Raqiblar ham qarab turishmaydi va bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishadi. Avval asosiy raqibimiz faqat “Paxtakor” edi va o'zaro o'yinlardagi ijobiy natija mavsum kafolatini berardi. Hozirda asosiy raqiblarimiz ko'paygan. “Lokomotiv” bu yil juda kuchaydi va barcha musobaqalarda g'olib chiqish uchun asosiy davogarlardan biriga aylandi. Ro'ziqul Berdiev “Nasaf” bilan yuksak cho'qqilarni egallashga zamin yaratdi va nazarimda hozirgi “Nasaf” avvalgisidan kuchliroq. “Paxtakor”ning yoshartirish siyosati o'z mevalarini bera boshladi va jamoa ana shu yoshlar bilan ham shohsupaning eng yuqori cho'qqisiga chiqishga intilmoqda. Bu jamoalar bilan bellashish oson emas va buni o'zaro o'yinlardagi natijalar ham ko'rsatib turibdi. Bizda ham hozir asosiy urg'u yoshlarga berilmoqda. Davralar oralig'ida klubimizni 5 futbolchi tark etgan bo'lsa, faqatgina bir o'yinchi qabul qilindi. Qolgan o'rinlar o'rinbosarlar hisobiga to'ldirildi. Yoshlar tajribiga ega bo'lishlari uchun ozgina vaqt va sabr kerak. Lekin, avval aytganimdek, biz har qanday holatda ham o'z oldimizga qo'ygan vazifani bajarishga harakat qilamiz.

-Jamoada ichki muhit qanday? Murabbiylar shtabi va futbolchilar orasida hech qanday to'siq yoki kelishmovchilik yo'qmi?
-Asosiy raqiblarimizni yuta olmay, ahvolimiz ko'ngildagidek bo'lmagani ruhiyatimizni tushirgani rost. Lekin “Bunyodkor”ning kuchi doimo hamjihatlikda bo'lgan. Hozir ham shunday. Qiyinchiliklar bizni yanada chiniqtiradi. Hozir biz har qachongidan ko'ra g'alabalarga chanqoqmiz. CHunki yoqimli onlarni o'zimizdan uzoqlashtirish niyatida emasmiz. Murabbiylar bilan futbolchilar orasidagi munosabat samimiy. SHaxsan men “Yutsa jamoa sababchi, mag'lub bo'lsa murabbiy” degan fikrga qo'shilmayman. Bizning g'alabamiz ham, mag'lubiyatimiz ham barcha o'rtasida birdek taqsimlanadi.

-O'zbekiston kubogi doirasida "Lokomotiv" bilan bo'ladigan javob uchrashuvini muxlislar hadik bilan kutishmoqda. "Jar"da mag'lubiyatdan zo'rg'a qutilib qolindi, safarda nima bo'lar ekan deb...

- Ertangi g'alaba bizga suv va havodek zarur. Faqat kubok bo'lgani uchun emas. Nomimizni, obro'imizni, g'ururimizni saqlab qolish uchun ham yutishimiz kerak. Bekobodda yutqaza turib, irodali g'alabaga erishdik. Bu ham nimanidir anglatsa kerak. Mashg'ulotlarda bor kuchimiz bilan ishlayapmiz. Biz “Lokomotiv” bilan o'yinga tayyormiz va ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz!

Abror IMOMXO'JAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика