Xajime Moriyasu: "Tojikiston bilan o'yin suniy maydonda o'tishi muammo emas"
14 okt 2019 20:12
Yangiliklar


Xajime Moriyasu: "Tojikiston bilan o'yin suniy maydonda o'tishi muammo emas"
"Tojikiston bilan o'yindan avval Yaponiyada "Xagibis" to'foni ro'y berganini, u mamlakatimiz aholisiga zarar etkazganini aytmoqchiman. O'z yaqinlarini yo'qotgan vatandoshlarimizga hamdardlik bildirmoqchiman.
Ertaga Tojikiston bilan bahsda g'alaba uchun o'ynaymiz. Raqibni hurmat qilamiz. Tojikiston – yaxshi, "qattiq" jamoa. Raqibimiz saralashni ikkita g'alaba bilan boshladi. Tojikiston terma jamoasini o'rganib chiqdik, ular ham jismonan, ham taktik tomonlama kuchli. Mezbonlar safida individual kuchli futbolchilar bor. Ammo biz bahsga yaxshi tayyorlandik.
Uchrashuv suniy maydonda bo'lishi muammo emas. Futbolchilarimiz bu maydonda ikki marta mashg'ulot o'tkazishdi va ko'nikma hosil qilishdi, - deydi Xajime Moriyasu Tojikiston futbol Federaciyasi rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar