Xajime Moriyasu: "Birinchi taymda Turkmanistonning kuchli himoyasiga qarshi kurashdik"
10 jan 2019 16:32
Yangiliklar


Xajime Moriyasu: "Birinchi taymda Turkmanistonning kuchli himoyasiga qarshi kurashdik"
Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan Yaponiya - Turkmaniston (3:2) uchrashuvidan so'ng yaponlar ustozi matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.
"Tanaffus vaqtida men shogirdlarimga bundan yaxshiroq o'ynash kerakligini aytdim. Birinchi gol o'tkazib o'zimizni qiyin ahvolga soldik.
Birinchi taymda Turkmanistonning kuchli himoyasiga qarshi kurashdik. To'pni yaxshi nazorat qildik. Ikkinchi taymda tezkorroq va yaxshiroq o'ynadik, shu bois ham uchta gol ura oldik deb o'ylayman.
Biz ko'proq kombinacion o'yin ko'rsatishimiz mumkin edi. Ummon bilan keyingi bahsda buni to'g'rilashga harakat qilamiz. Birinchi uchrashuv qiyin bo'lishini kutgandik, amalda ham shunday bo'ldi.
G'alaba qozonib BAAga kelgan va Yaponiyadagi muxlislarimizni xursand qilganimiz yaxshi bo'ldi. Biroq navbatdagi bahsda ham himoyani, ham hujumni kuchaytirishimiz shart", - deydi Xajime Moriyasu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar