So’nggi yangiliklar

23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  1 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  0 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  1 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  2 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  12 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  21 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  5 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  15 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  168 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1

Xabib Nurmagomedov Toshkentda: O'zbek boksi, palov, yig'lagan muxlis va boshqalar haqida (to'liq versiya) Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov Toshkentda: O'zbek boksi, palov, yig'lagan muxlis va boshqalar haqida (to'liq versiya)

21 may kuni Toshkentdagi "International Hotel"da Rossiyadan tashrif buyurgan taniqli MMA sportchilari ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.


O'zbekiston jui-jitcu federaciyasi tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirda Xabib Nurmagomedov, Zubayra Tuxugov, Islam Maxachev, Abubakar Nurmagomedov va Islam Mamedov kabi sportchilar ishtirok etdilar. Anjumanda muxlislar sportchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.


Tadbirni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev olib bordi

"Assalomu alaykum. Hayrli kun! Mana shunday tadbirga taklif qilishgani uchun rahmat aytmoqchiman. O'zbekistonga ilk marotaba tashrif buyurdim. Bu erda Samarqand va Buxoro kabi shaharlarga ham borishni istayman. Iliq kutib olishdi. Juda ko'p odam yig'ilgani juda yoqimli. Rahmat!", - deya so'z boshladi Xabib Nurmagomedov.

Savollarning asosiy qismi Xabib Nurmagomedovga berildi. Etiboringizga savol-javoblarni taqdim etamiz.

- Muvaffaqiyatga erishish yo'llarining uchta sirini ayta olasizmi?

- Eng avvalo shuni aytishim lozimki, muvaffaqiyatlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. SHuningdek, inson chempion bo'lib tug'ilmaydi. Buning uchun sportchi birinchi navbatda murabbiyni diqqat bilan eshitishi, uning gap-so'zlariga quloq solishi lozim. Keyin esa boshqalardan ko'p shug'ullanish lozim. Mashg'ulotlar juda ko'p narsani hal qiladi. Uchinchi sir esa albatta sabr... Odam sabr qilishni bilishi lozim! Biz ham o'z vaqtida jarohat olganmiz. Nohaq mag'lubiyatlarni qabul qilib olganmiz. Mana shunday voqealardan so'ng ham odam o'z maqsadi yo'lida davom etishi lozim.


- Nima uchun Deni Uayt (UFC Prezidenti) sizga chempionlik janglarini bermaydi? CHunki, u agar siz kamarni qo'lga kiritsangiz, keyinchalik uni boshqalarga bermaysiz. SHumi sabab?


- CHempionlik jangiga osonlikcha erishilmaydi. Buning uchun katta yo'lni bosib o'tish kerak. Bunda esa o'zimni ham aybim bor. CHunki, muhim jang oldidan jarohat oldim. Agar barchasi joyida bo'lsa, yaqin orada chempionlik jangini o'tkazaman.


- Yaqin oradagi jangingiz qachon o'tkazilishi mumkin?


- Navbatdagi jangim oktyabr oylarida bo'lishini rejalashtiryapmiz.


- Menda savol yo'q. Sizdan dasxat olishni istayman...



Unga shunday iltimos bilan muxlisalaridan biri murojaat qildi...


O'z o'rnida Xabib Nurmagomedov qizaloqning iltimosini erda qoldirmadi va o'sha erning o'zida muxlisasiga dasxatini taqdim etdi

- Konor MakGregor va Floyd Meyvezer o'rtasida jang haqida nima deya olasiz? Siz ham boks bilan shug'ullanishingiz mumkinmi?


- Seni Toni Fergyusonga o'xshatdim. CHunki, u ham quyosh yo'q joyda, binoni ichida ko'zoynak taqib yuradi. (Sportchi savol bergan muxlisiga qarata shu so'zlarni aytganida zalda kulgu ko'tarildi). Savolga keladigan bo'lsak... Bu shou jang bo'lishi kerak. Umuman olganda, bu noto'g'ri. Bu tomoshani sportdan ko'ra ko'proq biznesga qiyoslash mumkin.

Boks... Eng avvalo shuni aytishim lozimki: O'zbekiston...



Maqolaning to'liq qismini OLAMSPORT.COM saytida o'qishingiz mumkin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика