Xabi Alonsoning maoshi 1.5 baravarga oshishi mumkin
06 jan 2014 09:55
Yangiliklar


Xabi Alonsoning maoshi 1.5 baravarga oshishi mumkin
SHu hafta “Real” rahbariyati klub yarim himoyachisi Xabi Alonso bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara olib boradi.
Madridliklar 32 yoshli futbolchiga ikki yilga muljallangan va yana ikki yilga uzaytirish mumkin bo'lgan shartnoma taklif etishmoqchi. Yangi shartnomaga ko'ra Alonsoning maoshi 6 million evroni tashkil etishi kutilmoqda deb xabar beradi AS.
Manbaning xabariga ko'ra, ayni paytda Alonso yiliga 4 million evro ishlamoqda.
Avval berilgan xabarlarda “PSJ” futbolchiga qiziqayotgani aytilgan edi.

Fikrlar