So’nggi yangiliklar

15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  3 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  34 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2

Xabi Alonso: "Jahon chempionatida Ispaniyadan yaxshiroq jamoani ko'rmayapman" Yangiliklar

Xabi Alonso: "Jahon chempionatida Ispaniyadan yaxshiroq jamoani ko'rmayapman"

Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Xabi Alonso FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

JCH-2006, 2010 va 2014 ishtirokchisi o'tgan mavsum futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan beri o'zini murabbiylik sohasida sinashga yaqin turibdi. Mundial oldidan Xabi Alonso o'z terma jamoasi imkoniyatlarini yuqori baholadi.

- Futbolni tugatganingizga bir yil bo'ldi? Ishlar qanday ketyapti?
- Hammasi joyida. Fakt shuki, futboldan keyingi hayotim butunlay o'zgardi. Bu mening qarorim edi va uni o'z vaqtida amalga oshirganimdan xursandman.

- Nega aynan murabbiy bo'lishga qaror qildingiz?
- Murabbiylik kurslarida qatnashgach shu qarorga keldim. Men futbolchilarga yanada yaqin bo'lishni xohlayman, buning uchun esa murabbiy bo'lishim kerak deb o'yladim. Bilaman, bu juda qiyin kasb, lekin men harakat qilib bor kuchimga ishga solaman.

- Xulen Lopetegi Ispaniya terma jamoasida qanday ishlayapti?
- U juda yaxshi ish olib boryapti, bunga shubha yo'q. Uning miyasi shubhalardan xoli va bu juda muhim. U futbolchilarga nima xohlayotganini juda aniq qilib tushuntira oladi. Agar sen futbolchilar bilan til topisha olmasang sovrinlarga ega chiqmaysan. Buni Lopetegi yaxshi biladi.

- 2010 yil Jahon chempionatida g'olib chiqqan jamoa bilan hozirgisi o'rtasida qandaydir o'xshashlikni ko'ryapsizmi?
- O'yin olib borish fikri o'zgargani yo'q deb o'ylayman. Biz uchrashuvni nazorat qilishimiz kerak, hadeb oldinga o'tmasdan bazan to'pni maydon bo'ylab aylantirishga to'g'ri keladi. Lopetegi kelib terma jamoani kuchaytira oldi. Bu jamoa aql bilan harakat qilmoqda, vaqtni behuda sarflamaydi va texnik tomonlama yuqori. Bu esa bizni boshqalardan ajratib turadi.

- Albatta, Ispaniya ham favoritlardan biri. Imkoniyatlarni qanday baholaysiz?
- Bu shunchaki gap emas, men Ispaniyaga ishonaman. To'g'risini aytsam? 32ta ishtirokchi orasida bizdan yaxshiroq jamoani ko'rmayapman. Lekin o'yinlarda nima bo'lishini bilmayman. Germaniya ham favorit. Ular juda kuchli va hozirgi avlodi yaxshi futbolchilardan iborat. SHuningdek, Braziliya, Argentina, Franciya ham bor. Ammo biz bu jamoalarning baridan zo'rmiz.

- Jahon chempionati o'yinlarini ko'rish uchun Rossiyaga kelasizmi?
- Menga katta uchrashuvlarni stadionda ko'rish yoqadi, shu bois final uchun allaqachon chipta olib qo'yganman. Nasib qilsa final uchun Rossiyaga boraman, faqat borgan paytim Ispaniya finalda bo'lsa bo'lgani.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика