"Vulverxempton" Traoreni "Tottenxem"ga qo'yib yubormadi
24 avg 2021 15:40
Yangiliklar
"Vulverxempton" Traoreni "Tottenxem"ga qo'yib yubormadi
"Vulverxempton" jamoa vingeri Adama Traoreni qo'yib yuborishni xohlamayapti.
"Bo'rilar" 25 yoshli futbolchini "Tottenxem"ga ijaraga berishni rad etishdi. "SHporlar" ispaniyalik futbolchining ijarasi uchun 5 million funt sterling to'lamoqchi va bitimga xarid qilish huquqini qo'shishmoqchi edi.
Traoreni u bilan "Vulverxempton"da ishlagan "Tottenxem" ustozi Nunu Eshpiritu Santu ko'rishni xohlamoqda.
Traore joriy mavsum APL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar