"Vulverxempton" kuchaymoqchi. Nishonda MYU va "CHelsi" himoyachilari
17 noy 2018 20:28
Yangiliklar


"Vulverxempton" kuchaymoqchi. Nishonda MYU va "CHelsi" himoyachilari
"Vulverxempton" qishki transferlar oynasi vaqtida o'z himoya chizig'ini mustahkamlamoqchi.
"Goal" malumotlariga qaraganda, vulverxemptonliklar bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu rahbariyatga qishda jamoa himoya chizig'ini kuchaytirish borasida murojaat bilan chiqqan. Klubdagilar esa uning talabini qondirishga harakat qilishmoqda. SHu boisdan ular "Manchester Yunayted" himoyachilari Matteo Darmian va Markos Roxo, shuningdek, "CHelsi" futbolchisi Gari Kexillni nishonga olishgan.
"Bo'rilar" bu mavsumda APL turnir jadvalining 11-pog'onasini egallab turishibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar