So’nggi yangiliklar

21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  4 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  91 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  1 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19

Vohid Xolboev: "SHerdor" bunchalik tez taslim bo'lishini kutmagandim" Yangiliklar

Vohid Xolboev: "SHerdor" bunchalik tez taslim bo'lishini kutmagandim"

Teglar :  Vohid Xolboev
O'zbekiston Pro-ligasi 17-turi doirasida "Nurafshon" - "SHerdor" (6:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Boshqacha o'yin kutgandik. Bilasiz, “SHerdor“ ortimizda kelmoqda. Safardagi o'yinda ham juda qiyin bo'lgandi. O'yindan o'yinga jamoamning saviyasi oshib bormoqda. Yutgan o'yinlarimizning ham moliyaviy pullari yigitlarga berilmoqda. Yigitlar nima maqsadda maydonga tushishayotganini bilishadi. Futbol shunday narsa, maydonga tushdingmi, bir maqsad yo'lida harakat qilishing kerak. Futbolchilar moliyaviy tomondan rag'batlantirib turilsa, ulardan talab qilishga ham oson bo'ladi. Futbolni aldab bo'lmaydi, to'g'ri o'ynaydigan bo'lsak, barchasi yaxshi bo'ladi. Mashg'ulotlarda yigitlarga himoya, yarim himoyada qanday o'ynash, hujumga qay tariqa tez o'tishni o'rgatyapmiz. Futbolda hujum qilmasdan gol urib bo'lmaydi. Himoya gol o'tkazib yuborishi mumkin, ammo hujum qilinmasa, albatta mag'lub bo'linadi. SHuning uchun ham bugun yigitlarga ko'proq to'pni o'zida ushlab, hujumga tezroq o'tishni ko'rsatma bergandim. Agarda mag'lub bo'lsak, bizga qiyin bo'lardi. Biroq g'alabaga erishdik. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Xudo xohlasa, Farg'onadagi o'yinda ham chiroyli o'yin ko'rsatib, g'olib bo'lamiz degan umiddaman. Yigitlarga rahmat aytaman.


Elbek Ravshanov “Buxoro“ga ketdi. Abdurasul Komilov esa bugun Maldivga uchadi. Himoyachi Abdug'ani Kamolov esa o'z fikrini o'zgartirdi va jamoada qoldi. U “SHo'rtan“dagi raqobatni, o'yin amaliyotisiz qolib ketishi mumkinligini o'yladi. Bu erda har doim bahslarda maydonga tushmoqda. U 2000 yilda tug'ilgan. Bizning ishonchimizga kirib bo'lgan.

Aniq ayta olmaymanku, biroq 3-4 yangi futbolchilarni olib kelamiz. 1999-2000 yilgi yigitlardan va bir nafar tajribali markaziy himoyachini transfer qilamiz. Hozir markaziy himoyada chap qanot himoyachisi Murod To'ychiboev va o'ng qanot yarim himoyachisi Ruslan Vagapov o'ynamoqda. Hozir bizga eng kerakli futbolchi - markaziy himoyachi.

29 iyunda “Iftixor“ bilan o'ynaymiz. U erdan kelib, 30 iyun kunida Toshkentdagi “To'qimachi“ stadionida “So'g'diyona“ bilan sinov-nazorat o'yinini o'tkazamiz. Yana bir necha o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish niyatimiz bor“, - dedi Vohid Xolboev.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика