So’nggi yangiliklar

14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  0 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  0 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  6 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  9 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9

Vohid Xolboev: “Nurafshon” futbolchilariga yil boshidan buyon 1ta oylik, 5ta mukofot puli berildi xolos" Yangiliklar

Vohid Xolboev: “Nurafshon” futbolchilariga yil boshidan buyon 1ta oylik, 5ta mukofot puli berildi xolos"

PRO-Liga “B” guruhining peshqadami bo'lib turgan Toshkent viloyatining “Nurafshon” jamoasi moliyaviy muammolar yuzaga kelgani haqida avvalroq xabar berib o'tgandik.

Futbolchilar xatto ikki kun mashg'ulotga ham borishmagan. Vaholanki 21 avgust kuni “Nurafshon” o'z maydonida “Zomin”ni qabul qiladi. Xo'sh, jamoadagi vaziyat o'yinga qadar ijobiy tomonga o'zagaradimi? Bu haqda “Nurafshon” bosh murabbiyi Vohid Xolboev bilan suhbatlashganimizda, quyidagilarni takidladi.

- Xaqiqatdan ham jamoamizda moliyaviy muammolar yuzaga kelgan. Bu haqda qaysi futbolchimiz saytingizga xabar qilgani ochig'i menga qorong'u. Yigitlarni ham to'g'ri tushunish kerak. Axir shu kunga qadar 1ta oylik, 5ta mukofot puli berildi xolos. Futbolchilarimiz boy-badavlat insonlarni farzandlari emas. Ular ham o'z uyiga bozordan nimadir olib borishni istaydi. Mashg'ulotga kelib-ketish uchun yo'l kiraga pul kerak. Bularning bari moddiy jihatga borib taqaladi. Lekin shunga qaramay “Nurafshon”  “B” guruhida peshqadamlik qilmoqda. Qo'l ostimdagi yigitlarga doim aytaman, hozir pul olmayotgan bo'lsanglarda, mayli bor kuching bilan o'ynab, yutinglar. Oylik maoshlarni keyinroq bo'lsa ham olaslar deya tushuntiraman. Qolaversa turnir jadvalida 1-o'rinda yursak, Superliga klublarining  futbolchilarimizga bo'lgan qiziqishi ortadi. SHuning uchun eng avvalo futbolni o'zlari uchun o'ynashlarini takidlayman.

- O'zingizga yaxshi malumki, “Nurafshon” jamoasi PRO-Ligada debyutant hisoblanadi. Rahbariyatda birinchi bor futbolda faoliyat yuritayotgan shaxslar o'rin olgan. SHu bois biroz tajriba kerak. Klubning bosh xomiysi tuman xokimligi sanaladi. Vaqtida hisob-raqamimizga belgilangan pullar tushishi qiyin bo'lmoqda. Lekin xarakat bo'lyapti. Menimcha “Zomin” bilan o'yinga qadar malum miqdorda oylik maoshlar beriladi.

- Murabbiy sifatida har qanday xolatda ham mavsum so'nggiga qadar “Nurafshon”da ishlamoqchiman.

- Peshqadamlik nimani hisobga bo'lmoqda? Bilasizmi mavsum arafasida jamoani PRO-Ligada ishtirok etishi aniq bo'lgach, o'zim yaxshi bilgan yigitlarni jamoasiz yurganini bilib “Nurafshon” mashg'ulotlariga taklif etdim. Agarda Superliga klubaridan taklif bo'lsa ketishlariga ruhsat berishimni, aks xolda “Nurafshon”da qolib etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lishini aytgandim. Ularga maqul keldi va jamoamizda qolib faoliyat olib borishmoqda. Bizda ahil bir oila bor. Do'stona muhit hukmronlik qilmoqda. Nasib qilsa qarzdorliklarni yaqin orada bartaraf eta olsak, ushbu muhitni saqlab qolish oson bo'lardi.


 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика