So’nggi yangiliklar

00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  0 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  1 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  5 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  8 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  75 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  13 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  1

Vodiy futboli: Ulug'bek Baqoev B licenziyasiga o'qimoqda Yangiliklar

Vodiy futboli: Ulug'bek Baqoev B licenziyasiga o'qimoqda

Vodiy klublari 21-turga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

"Andijon" - "Qizilqum" uchrashuvida Ceytlin ishlaydi

Kuni kecha PFL oliy liga bahslarining 21-turini boshqaradigan hakamlarni malum qildi. Mazkur turni jamoamiz o'z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu o'yinni boshqarish Vladislav Ceytlinning zimmasiga yuklatildi. Unga qanotlarda Mamur Saidqosimov va Rustam No'monov yordam berishadi. Uchrashuv nazoratchi hakami etib G'ayrat Karimov tayinlandi.

Andijon (Andijon) – Qizilqum (Navoiy)

Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. No'monov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)

Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).


"Navbahor": Ulug'bek Baqoev tahsil olmoqda

Ushbu hafta boshida Toshkentdagi terma jamoalarning o'quv-yig'in bazasida OFK tomonidan murabbiylarning “V” licenziyasi uchun o'quv-kurslari boshlandi. Mazkur kursda “Navbahor” jamoasi vakillarini ham tahsil olayotganliklarini etirof etish joiz. Xususan, jamoamizning tajribali hujumchilaridan biri Ulug'bek Baqoev ham kelgusida murabbiylik faoliyatini boshlash maqsadida “V” licenziyasi uchun o'qimoqda. Bundan tashqari jamoamiz murabbiylar shtabidan o'rin olgan Xislat CHilmatov ham tahsil olmoqda. 7 sentyabr kuni boshlangan ushbu kursga OFK yo'riqchisi Islom Ahmedov yo'riqchilik qilmoqda. Koordinatorlik vazifasi esa SHavkat Imamov zimmasiga yuklatilgan. 19 nafar ishtirokchi tahsil olayotgan o'quv-kursi 27 sentyabr kuni yakuniga etadi.

“V” licenziyasi uchun tashkil etilgan kursda qatnashayotgan jamoamiz azolari – Ulug'bek Baqoev va Xislat CHilmatovlar “Navbahor” mashg'ulotlarini o'tkazib yubormayotganliklarini ham qo'shimcha qilish joiz. Yani ular kursdagi saboqlarni olib bo'lishgach, jamoamiz mashg'ulotlarida qatnashishmoqda.


"Qo'qon-1912": Yangi saytga ega bo'lamiz

So'nggi yillarda o'zbek futbolining vatani sanalmish – Qo'qonda ham futbol professional darajada o'sishga erishdi. Ayni damda “Qo'qon-1912” o'zini-o'zi mablag' yuilan taminlab kelayotgan Oliy ligadagi yagona klub sanaladi, desak mubolag'a bo'lmaydi.  Jamoa rahbariyati besh yillik dastur asosida ish olib borishmoqda. Unga ko'ra, “Qo'qon-1912” bir necha yildan keyin Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etishni maqsad qilgan.

Qo'qonlik futbol muxlislari uchun quvonchli xabar. Yaqin orada “Qo'qon-1912” jamoasining yangi ko'rinishdagi rasmiy sayti ishga tushadi. Ayni damda texnik ishlar yakuniga etkazilmoqda. O'ylaymizki, yangi saytimiz futbol muxlislariga manzur bo'ladi.


"Neftchi": Ertaga Jizzaxga yo'l olamiz

Farg'onaning "Neftchi" klubi oliy liganing 21-turini safarda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi. 

Jamoa ertaga, 10 sentyabr kuni Jizzax shahriga yo'l oladi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Slovakiyadagi musobaqada qatnashgan futbolchilar "Neftchi" ixtiyoriga Jizzaxda qo'shilishadi. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика