So’nggi yangiliklar

16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  1 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  4 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  5 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  1 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  4 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  4 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  7

"Vodiy futboli": “Neftchi” maqsadlar sari o'z yo'lida davom etmoqda Yangiliklar

"Vodiy futboli": “Neftchi” maqsadlar sari o'z yo'lida davom etmoqda

Vodiy klublari 21-tur o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

“Neftchi” maqsadlar sari o'z yo'lida davom etmoqda

PFL tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekiston chempionatining ikkinchi davarasi taqvimida, milliy terma jamoamizning  ishtirok etadigan uchrashuvlari nazarda tutilib, ikki haftalik tanaffuslar belgilangan. Mana shunday tanaffuslardan birinchisi aynan shu kunlarda o'z poyooniga etmoqda. CHempionatdagi ikkinchi tanaffus esa  2-16 oktyabr kunlari, 25-tudan oldin bo'lib o'tadi. Aslida bunday tanaffuslar jamoalarga o'z o'yin taktikasi va strategiyasini yana bir marta  tahlil qilib chiqib, to'g'ri yo'lni belgilab olish uchun katta foyda keltiradi. Ayniqsa, o'z o'yinini yo'qotib qo'ygan jamoalar uchun ayni muddao.

Ko'plab jamoalar bu tanaffusdan unumli foydalanib nazorat uchrashuvlarini o'tkazib olishadi va bu orqali o'yin amaliyotini yo'qotmagan holda, paydo bo'lgan kamchiliklarini bartaraf qilishga imkoniyat yaratiladi. “Neftchi” jamoasi ham  “Andijon” bilan o'rtoqlik uchrashuvini  o'tkazishni rejalashtirgan edi, lekin bazi bir sabaablarga,  ko'ra bu reja amalga oshmay qoldi. SHunga qaramay “Neftchi” tanaffusdan unumli foydalanib, qisqa tatildan so'ng,  2 sentyabrdan boshlab o'z qarorgohida tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yubordi. Har kuni Qirgulidagi stadionda ikki mahaldan  mashg'ulotlar olib borilmoqda.

Jamoada tajribali o'yinchi Bahtiyor Yoqubov oyog'ini tizza qismida muammolar bo'lgani uchun jarrohlik amaliyotlarini o'tkazdi va nasib qilsa “Sug'diyona” bilan bo'ladigan 21-tur uchrashuvida ishtirok etadi. Yana bir tajribali himoyachi Jahongir Mehmonov jarohati jiddiyroq bo'lgani uchun oktyabr oyigacha davolanishda davom etadi.

Olimpiya terma jamoasi safida  mashg'ulotlarini o'tkazgan Farg'onalik futbolchilar -  darvozabon - Abdumavlon Abdujalilov, himoyachilar - Sardor Rahmonov va Dostonbek Tursunov, hujumchi -  Murodbek Bobojonov jamoa safiga Jizzax shahrida qo'shiladilar.

“Neftchi” 10 sentyabrda kunning ikkinchi yarimida Jizzax shahriga yo'l oladi. 11 sentyabr kuni ertalabdan mashg'ulotlarga kirishadi. Jamoada kayfiyat yaxshi va uchrashuvni yuqori saviyadv o'tkazish uchun  barcha imkoniyatlar yaratilgan. Umid qilamizki, oradagi bu tanaffus jamoamizga ijobiy tasir ko'rsatib, birinchi davradagi chiroyli o'yinini tiklab oladi.  


"Navbahor": "Dinamo" bilan o'yinda Kovalenko ishlaydi

Bir kunlik dam olishdan keyin futbolchilarimiz bugun yana Toshkentda to'planib, “Dinamo”ga qarshi Samarqandda o'tadigan uchrashuvga tayyorgarlikning so'nggi bosqichiga kirishishadi. PFL 21-turdan o'rin olgan uchrashuvlarni boshqaradigan hakamlar ro'yxatini elon qildi. 12 sentyabr kuni “Dinamo” o'yingohida bo'lib o'tadigan “Dinamo” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi o'yinni Valentin Kovalenko boshqaradi. Unga qanotlarda navoiylik Ruslan Samandarov va Obid Jumaevlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam sifatida gulistonlik Baxtiyo r Yulcharaev qayd etilgan. Samarqandga nazoratchi sifatida qarshilik SHamil Jumaev tashrif buyuradi.

22-turda jamoamiz Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi. Ikkinchi davra arafasida PFL tomonidan elon qilingan taqvimda mazkur uchrashuvni 19 sentyabr kuni o'tishi belgilab qo'yilgandi. Ammo, bugun PFL rasmiy saytida o'yin sanasiga o'zgartirish kiritilganligi elon qilindi. O'zgarishga ko'ra “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi bahs 20 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan bo'ldi. Bundan tashqari turdan o'rin olgan va 19 sentyabrga belgilangan “Neftchi” hamda “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ham 20 sentyabrda o'tkaziladigan bo'ldi. PFL rasmiy saytida mazkur o'zgarishga terma jamoa yig'iniga “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublarining bir qator futbolchilarini jalb etilganligi sabab qilib ko'rsatilgan.


"Qo'qon-1912": Tolibjonov Qo'qonga keladi

O'zbekiston professional futbol ligasi 21-turda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini elon qildi. Unga ko'ra, 12 sentyabr kuni Qo'qonda bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – “Mashal” uchrashuvini Olimjon Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar  brigadasi boshqarib boradi.  

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Mashal (Muborak)

Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), D. Jalimov (Nukus)

Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).


"Andijon" ikkiga bo'linib o'yin o'tkazdi

Oliy ligada kichik tanaffus yuz bergani bois “Andijon” ayni paytda o'z qarorgohida tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoamiz 21-turda o'z maydonida “Qizilqum”ni qabul qiladi.

Oliy ligadagi tanaffus natijasida 6 sentyabr kuni “burgutlar” qo'shni jamoa “Neftchi”ga qarshi nazorat uchrashuvini tashkil etishni rejalashtirishgandi. Bu o'yin “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo farg'onaliklar o'yinni bekor qilishdi. Natijada Sergey Kovshov kecha ikki tomonlama o'yin o'tkazib futbolchilarni sinab ko'rdi. Maydonda “Sariqlar” va “Ko'klar” kuch sinashishdi. Bu bahsda “Sariqlar” 4:1 hisobida ustun keldi. Ibrohim Otaxonov va Anvar Berdiev dublga erishishgan bo'lsa, “ko'klar”dan Lochin Soliev o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Birinchi bo'limda “Sariqlar” safida harakat qilgan Iqbol Akramov, Sanjar Asqaraliev va Asqar Jadigerov ikkinchi taymda “Ko'klar” tarkibida to'p surishdi.  

 “Sariqlar” tarkibi: Gennadiy Moshnyaga, Iqbol Boboxonov, Javlon Guseynov, Davron Tursunov, Asror Rahmonov, Ibrohim Otaxonov, Iqbol Akramov, Sanjar Asqaraliev, Asqar Jadigerov, Rustam Azamov, Anvar Berdiev.

“Ko'klar” tarkibi: Eldor Isaboev, Rahim Qodirov, Tunsunboy Xusanov, Umrillo Ramozonov, SHoxsulton Parpiev, Farruh Mirzaev, Farhod Bekmurodov, SHukur Jumaboev, Abdulatif Abduqodirov, Abdumalik Abdullaev, Lochin Soliev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Xondamir Yuldashev, Xayal Ismoilov.

Gollar: I.Otaxonov (2 ta), A.Berdiev (2 ta) – L.Soliev.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика