So’nggi yangiliklar

12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  1 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  2 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  7 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  7 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0

Vodiy derbisi. "Neftchi" uyg'onadimi? "Navbahor" bugun raqibidan ko'p vaziyat yaratadi, Levchenko uchun yana bir imkoniyat Yangiliklar

Vodiy derbisi. "Neftchi" uyg'onadimi? "Navbahor" bugun raqibidan ko'p vaziyat yaratadi, Levchenko uchun yana bir imkoniyat

O'zbek futbolida derbilar ko'p. Toshkent derbisi, Qashqadaryo derbisi, Toshkent viloyati derbisi va hokazo.

Derbilar ichida eng lazzatlisi, shiddati, munosabati, stadiondagi, atrofdagi muhiti bilan o'ziga rom qiladigani vodiy derbisidir. Bugun Superliganing 4-turida Farg'onada "Neftchi" va "Navbahor" jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Muhtasham "Istiqlol" stadioni mana shu bahsga mezbonlik qiladi. "Lochinlar" uchun bu maydon nimalarni eslatishini, bu yil hali g'alaba qozonmagan "Neftchi" uchun bu maydonda nima qilish kerakligini juda yaxshi bilasiz. Biz esa o'yin oldidan ayrim malumotlar bilan o'rtoqlashamiz. 

O'zaro uchrashuvlar 

Jamoalar shu kungacha Superliga doirasida 60 marotaba to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlarda ustunlik farg'onaliklar tomonida 26 g'alaba. "Lochinlar" 15 ta o'yinda 3 ochkoga ega chiqqan bo'lsa, 19 ta bellashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan. "Neftchi" so'nggi bor elitada 2018 yil raqibi ustidan zafar quchgan bo'lib, keyingi 6 ta o'yinning 5 tasi durang, 1 tasi namanganliklar g'alabasi bilan yakunlangan. Jamoalar o'rtasidagi oxirgi 4 ta o'yinning 3 tasi durang bilan yakunlangan. 

"Neftchi"ning so'nggi g'alabasi 

Superliga / 20-tur

2 avgust, payshanba

19:00. "Neftchi" - "Navbahor" 2:1

Hakamlar: Valentin Kovalenko, Andrey Snetkov, Sultonmurod Ulfatov, Davron Akmalov.

Nazoratchi: Sayfuddin Ermatov.

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Sherzod Hakimov 57, - 1:0. Darko Nikach 62, - 1:1. Abdurahmon Abdulhaqov 69, - 2:1 (Sherzod Hakimov).

"Neftchi": Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po'latov, Dilyorbek Ermatov (Dostonbek Tursunov, 27), Husniddin G'ofurov, Igor Taran (Abdurahmon Abdulhaqov, 61), Boburbek Yuldashev, Doston Toshmatov, Avazxon Mamatxo'jaev, Mirjamol Nematov, Islombek Karimov, Sherzod Hakimov (Jalil Kimsanov, 78)

Zaxira: Muzaffar Abdullaev, Anvar Berdiev, Shuhratillo Rahmonov, Avazbek O'lmasaliev, Shodiyor Xojimatov, Xurshidbek Asqaraliev,

"Navbahor": Botirali Ergashev, Igor Golban, Oston O'runov, Sherzod Karimov (Azamat Allaniyozov, 77), Ayubxon No'monov (Ro'zimboy Ahmedov, 63), Mirzohid G'ofurov, Azam Aliev, Darko Nikach, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich (Sardor Sulaymonov, 46), Darko Stanoevich

Zaxira: Akbar To'raev, Dilshod Jabborov, Ilhom Boydadaev, Davron Hoshimov, Ravshan Do'smatov, Sarvar Soliev

Oxirgi 4 ta o'yinda qayd etilgan natijalar:

20.10.2024. "Neftchi" - "Navbahor" 2:2

19.05.2024. "Navbahor" - "Neftchi" 1:0

01.12.2023. "Navbahor" - "Neftchi" 1:1

25.06.2023.  "Neftchi" - "Navbahor" 0:0

Vitaliy Levchenko "Navbahor"ni mag'lub etmagan

Vitaliy Levchenko 2022 yilning ikkinchi davrasida "Neftchi" bosh murabbiyiga aylangan edi. O'shandan buyon mutaxassis "Navbahor"ga qarshi 5 marotaba jamoasini maydonga boshlab tushdi. Bu uchrashuvlarda 3 ta durang natijasi qayd etilgan bo'lsa, 2 ta o'yinda "lochinlar"ning qo'li baland kelgan. 

 

Superliga starti. Farg'onada bahorgi uyg'onish azobi, Lushchan quvnoq jamoa yaratmoqda 

Ikki jamoa uchun mavsum turli natijalar bilan boshlandi. "Navbahor" "Dinamo"ga qarshi durang bilan boshladi, ikkinchi turda Jizzaxda "So'g'diyona" ustidan g'alaba qozondi, o'tgan turda vodiy derbisida "Andijon" bilan murosaga keldi. Aytish mumkinki, Sergey Lushchan quvnoq va futbol o'ynaydigan jamoani shakllantirmoqda. Uning jamoasi butun o'yin davomida dominantlik qilishga harakat qilyapti. Jamoa 3 ta turda raqiblar darvozasiga 5 ta gol urdi va o'z darvozasidan 4 ta gol o'tkazdi. Ko'p gol uryapti va shunga yarasha o'tkazyapti ham. Butunlay yopilib olayotgani yo'q, o'zi ham o'ynamoqda, raqibiga ham o'ynashga imkon beryapti. Bunday o'yinlardan tabiiyki muxlislar zavq oladi. "Neftchi" haqida 2 ta turdan so'ng xulosalarimni aytgandim. Yangi futbolchilar va Vitaliy Levchenko hali bir-birini tushunib olmagan. Bu erda xato shuki, yoki kombinacion o'ynaydigan, texnik ustunliklaridan foydalanib o'yin quradigan murabbiy olib kelinishi yoki Levchenkoning uslubiga mos futbolchilar olinishi kerak edi. Tarkib yig'ib berganlar va murabbiy o'rtasida bog'liqlik yo'qdek taassurot qoldirmoqda. "Neftchi" hali mavsumdagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritgani yo'q. Jamoa Superligani 3 ta durang bilan boshladi. Oxirgi 2 ta bahsda 0:0 hisobidagi durangga rozi bo'ldi. "Nasaf" bilan bahsda jamoa raqib darvozasiga birorta aniq zarba yo'llay olgani yo'q, qo'qonliklar bilan bu son 2 tani tashkil qildi. Faqatgina Toshkentda "Bunyodkor"ga gol urildi, xolos. Bugungi holatda har bir o'yin Levchenko uchun oxirgi imkoniyat bo'lib qolmoqda. 

Taxmin 

"Neftchi"da boshqa yo'l yo'q, g'alaba kerak. Jamoa o'yinida o'zgartirish, futbolchilarning kuchli jihatlaridan foydalanishi lozim. "Navbahor" oldingi chiziqda raqibidan farqli ko'plab vaziyatlar yaratsa kerak. Bugun "Neftchi" navbatdagi ochkosini yo'qotishi ehtimoli yuqori. 

Mutaxassis fikri. Ulug'bek Mirzaev: "Farg'onaliklar nihoyat bu turda birinchi g'alabasiga erishsa kerak"

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика