So’nggi yangiliklar

19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  2 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  2 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  4 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  14 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  3

“Vodiy futboli”. SHukurali Po'latov derbida maydonga tusha olmaydi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. SHukurali Po'latov derbida maydonga tusha olmaydi

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Asqaraliev va Otaxonov tarkibga qaytdi

Andijonliklar shanba oqshomida azaliy raqibi “Neftchi”ni qabul qiladi. Vodiy derbisining navbatdagi bahsiga “burgutlar” ham astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. O'tgan turda diskvalifikaciya sababli maydonga tusha olmagan Sanjar Asqaraliev bilan Ibrohim Otaxonov bo'lajak o'yinda ishtirok eta oladi. Faqat bu murabbiyning qaroriga bog'liq bo'ladi.


“Navbahor”: Ertaga o'yin


Ayni paytda Toshkentdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida istiqomat qilayotgan “Navbahor”ni ertaga yana bir jiddiy o'yin kutib turibdi. Boisi mamlakat kubogining 1/8 final dastlabki uchrashuvida Toshkentning “Lokomotiv” klubi mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuvdan oldin takrkibda yo'qotishlar bo'lib, o'tgan uchrashuvda qizil kartochka maydonni tark etgan Otabek Valijonov ertangi bahsda maydonga tusha olmaydi. Darvoqe, ertaga Baxtiyor Ashurmatov zaxira o'rindig'ida o'tirib, shogirlariga ko'rsatma berib boradi. O'tgan uchrashuvdan so'ng uning diskvalifikaciya muddati poyoniga etdi.


“Neftchi”: SHukurali Po'latov derbida maydonga tusha olmaydi

Ushbu haftada “Neftchi”ni mehmonda yana bir qiyin o'yin kutib turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi “Andijon” o'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng bu safar o'z maydonida muxlislarini faqat g'alaba bilan xursand qilishi talab etiladi. Odatda derbida jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rni hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. “Andijon” va “Neftchi”ning navbatdagi to'qnashuvi oldidan farg'onaliklar tarkibida jiddiy yo'qotish bo'lib, bu – markaziy himoyachi SHukurali Po'latovning diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmasligidir. O'tgan mavsumning ikkinchi davrasida “Andijon” sharafini himoya qilgan Abbos Maxstaliev esa jaroxatdan so'ng tiklanish jarayonini o'tkazmoqda.


“Qo'qon-1912”: Jamoa bugun yig'iladi

“Lokomotiv”ga qarshi bahsdan keyin murabbiylar shtabi futbolchilarga biroz dam bergandi. Bugun jamoa yana Qo'qonda yig'iladi va navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaydi. Malumki, 31 may kuni “Qo'qon-1912” o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi.

Aytish lozimki, bo'lajak bahsning boshlanish vaqti malum bo'ldi. Xususan 30 may shanba kuni, yoshlar ligasidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Navbahor” bahsi odatdagidek “Markaziy” stadionda kechadi. Uchrashuv soat 16:30da boshlanishi ko'zda tutilgan. 31 may kuni esa oliy liganing 11-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvi esa soat 17:00da start oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика