So’nggi yangiliklar

15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  0 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  10 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  5 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  7 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  26 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  34 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21

“Vodiy futboli”. "Neftchi" muxlislari raxbariyat bilan ko'rishdi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. "Neftchi" muxlislari raxbariyat bilan ko'rishdi

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Tayyorgarlik davom etmoqda
Oliy liganing 11-tur uchrashuvini “Andijon” jamoasi yon qo'shnisi “Neftchi” klubiga qarshi o'tkazishidan xabaringiz bor. Ayni paytda jamoamizni vodiy derbisiga tayyorgarligi qizg'in davom etmoqda.

“Neftchi” bilan bahsga jamoamizning tayyorgarligi dushanba kuni boshlanganini aytib o'tgandik. O'sha kuni klub rahbariyati hamda futbolchilar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda Bekoboddagi yirik hisobdagi mag'lubiyat sabablari tahlil qilindi. Va undan keyin bunday xatolar takrorlanmasligi aytildi. Yig'ilish davomida futbolchilar ham “Neftchi” bilan bo'ladigan o'yinda g'alaba uchun bor kuchlari bilan harakat qilishlarini takidlashdi.


“Qo'qon-1912”: Nodirbek Qo'ziboev mashg'ulotlarga kirishdi

Jaroxati borligi tufayli oxirgi ikki o'yinda jamoaga yordam bera olmagan tajribali futbolchi yana safga qaytmoqda.

Nodirbek Qo'ziboev kecha individual mashg'ulot o'tkazdi. Bugundan esa umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etadi. Katta extimol bilan hujumkor futbolchi “Navbahor” bilan o'yinda yana maydonga qaytadi.


“Neftchi”: Muxlislar raxbariyat bilan ko'rishdi
“Neftchi” jamoasi “Andijon” bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoaning bugungi mashg'uloti Qirgulidagi bazada bo'lib o'tadi.

Bugun Qirgulidagi bazaga “Neftchi” muxlislar klubi vakillari tashrif buyurishgan va klub raxbarlari bilan ko'rishishgan. 11-turda kechadigan vodiy derbisida jamoani bevosita stadiondan qo'llab turish uchun 2 mingga yaqin ishqiboz Andijonga boradi.


“Navbahor”: Bugun “Lokomotiv” bilan o'yin

O'zbekiston kubogining nimchorak finalida “Navbahor” Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv bugun Toshkentdagi TTYMI stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti 18:00. Oliy liga 10-turida “Olmaliq”qa qarshi o'yinda qizil kartochka olgan Otabek Valijonov maydonga tusha olmaydi, qolgan o'yinchilar uchrashuvga tayyor.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика