So’nggi yangiliklar

15:52Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   0 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  6 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   1 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  7 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  6 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  11 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  17 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  5

"Vodiy futboli": "Neftchi" bugun "So'g'diyona" bilan o'ynaydi Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Neftchi" bugun "So'g'diyona" bilan o'ynaydi

Vodiy klublari ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirishmoqda.

"Andijon": Tarkibga Moshnyaga va Vuyovich qo'shildi

“Andijon” jamoasining Toshkentda olib borayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini davom etmoqda. “So'g'diyona” jamoasi bilan bo'lgan nazorat uchrashuvidan keyin kecha jamoamiz “Soliqchi” stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

Kechagi kunda mashg'ulotlarda 24 nafar futbolchi ishtirok etdi. Bir kun avval tarkibda ko'rinmagan Iqbol Akramov bilan Abdumalik Abdullaev yana mashg'ulotlarda qatnashishyapti. Bundan tashqari jamoamizning yangi azosi Anvar Berdiev ham mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilmoqda. Bugun ertalab Toshkentga Moldaviyadan Gennadiy Moshnyaga va CHernogoriyadan Predrag Vuyovich etib kelishdi. Ular yozgi tatilni o'z vatanida o'tkazib qaytdilar. Bugundan Vuyovich bilan Moshnyaga ham mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshlashadi. Ertaga jamoamiz ikkinchi nazorat o'yinida “Bunyodkor” bilan kuch sinashadi.


"Neftchi": Bugun "So'g'diyona"ga qarshi o'yin

Farg'onaning "Neftchi" klubi Toshkentdagi yig'inni davom ettirmoqda. Jamoa o'tgan kuni "Lokomotiv" yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 5:0 hisobida zafar quchgandi. Bugun Murod Ismoilov boshchiligidagi jamoa Qibrayda "So'g'diyona"ga qarshi maydonga tushadi.


"Qo'qon-1912": Bugun futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tishadi

Kecha xabar berganimizdek, “Qizilqum”ga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan keyin jamoaning o'n kundan oshiq davom etgan Qiziltog'dagi yig'ini yakuniga etdi. Bugun futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tishadi. So'ng futbolchilarimizga ikki kunlik tatil beriladi. Jamoaning navbatdagi yig'ini 26 iyul kuni Qo'qonda davom ettiriladi.


"Navbahor": Alimov va Abdurahmonov ikkinchi davrada bizning jamoada o'ynaydi

"Paxtakor" futbolchisi Navro'z Alimov ikkinchi davrani Namanganning "Navbahor" jamoasida o'tkazadigan bo'ldi. SHuningdek, malum bo'lishicha Doston Abdurahmonov ham ikkinchi davrani namanganliklar safida o'tkazadigan bo'ldi. "Navbahor" murabbiylar shtabiga tajribali mutaxassislardan biri Aleksandr Volkov qo'shildi. Volkov CHirchiqdagi yig'inda safga qo'shilishi kutilgandi. Murabbiy shaxsiy ishlarini hal qilgach jamoada ish boshladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика