So’nggi yangiliklar

01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  0 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  1 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  5 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  4 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  27 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7

"Vodiy futboli". "Navbahor"da durang, "Andijon"da mag'lubiyat Yangiliklar

"Vodiy futboli". "Navbahor"da durang, "Andijon"da mag'lubiyat

Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan ikkinchi kunda vodiy klublari 1 ochko to'plashdi.
"Andijon": Jamoamiz "Lokomotiv" oldida ojiz qoldi

Kecha oliy liganing 8-turida Toshkentda "Lokomotiv" klubi mehmoni bo'lgan "burgutlar" 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Edgar Gess boshchiligidagi jamoa 5 ochko bilan musobaqa jadvalining 15-pog'onasida bormoqda. "Andijon" keyingi o'yinni 16 may kuni o'z maydonida vodiyning yana bir klubi Namanganing "Navbahor" klubiga qarshi o'tkazadi.



"Neftchi": Aybek Nurboev: Xalqimizni bayram bilan tabriklayman


"Dinamo" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Neftchi" himoyachisi Aybek Nurboev o'z fikrlarini bildirdi.

"Anchadan buyon maydonga tushmayotgandim. Bugun tushib gol urishga erishdim. Muxlislarni bayram bilan tabriklayman. Ushbu g'alaba ularga bag'ishlanadi.



"Navbahor": Ettinchi golni ettinchi futbolchi urdi

Oliy liganing 8-turida "Navbahor" klubi Namanganda "Nasaf" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Kechagi gol mavsumdagi ettinchi gol bo'ldi. Qizig'i "lochinlar" safida ushbu gollarni turli 7 nafar futbolchi urdi. Bunga qadar Azim Ahmedov, Dilshod Jabborov, Otabek Valijonov, Sanat SHixov, SHaxboz Erkinov va Ulug'bek Baqoev o'z hisoblariga gol yozib qo'yishgandi. "Nasaf" bilan bahsda Mo'ydin Mamazulumov to'p kiritdi.



"Qo'qon-1912": Doniyor Usmonov ertadan jamoaga qo'shiladi

"Qizilqum" bilan o'yinda jamoaga yordam bera olmagan iqtidorli hujumchi jaroxatini davolatish bilan band.

Usmonovning o'zi bilan suhbatlashganimizda, shifokorlarning bergan ko'rsatmasiga binoan davolanmoqda. Ertaga "Qo'qon-1912" o'z qarorgohida yig'iladi. Usmonov ham Qo'qonga borib, mashg'ulot o'tkazishini malum qildi. Katta extimol bilan "SHo'rtan"ga qarshi bahsda Doniyor ham o'ynashi mumkin. Bu esa muxlislarni quvontirishi aniq.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика