So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  1 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  8 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

“Vodiy futboli”. Kimsanov, Ro'ziev, Usmonov va Muxtorov “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushishmaydi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Kimsanov, Ro'ziev, Usmonov va Muxtorov “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushishmaydi

Vodiy futboli yangiliklarini berib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Tayyorgarlik davom etmoqda

“Andijon” jamoasini 23 may kuni safarda “Metallurg”ga qarshi o'yinga tayyorgarligi davom etmoqda.
Bekoboddagi o'yinlar hech bir jamoa uchun oson o'tmaydi. Buni yaxshi his qilgan jamoamiz tayyorgarlikka zo'r bergan. Bugun kuniga ikki mahal mashg'ulot bo'lib o'tadi. Diskvalifikaciya tufayli ikkita yo'qotishni inobatga olmaganda tarkibda boshqa yo'qotishlar yo'q.
Kecha PFL “Metallurg” va “Andijon” jamoalari o'rtasidagi bellashuvni kim boshqarishini ham malum qildi. Unga ko'ra, Bekoboddagi o'yinni yosh hakam SHerzod Qosimov boshqaradi. Unga qanotlarda A.Usmonov va N.Ro'zimov yordam berishadi. Uchrashuv nazoratchi hakami etib SHamil Jumaev tayinlandi.


“Qo'qon-1912”: “Lokomotiv”ga jiddiy yo'qotishlar bilan

Kecha jamoa Qo'qonda yig'ildi va navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshladi. Aytish lozimki, yakshanba kuni “Lokomotiv”ga qarshi kechadigan bahsga “Qo'qon-1912” jiddiy yo'qotishlar bilan boradi. Sababi himoyachi Jalil Kimsanov ushbu o'yinni ham diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborsa, xuquqiy jihatdan “temiryo'lchilar”ga tegishli bo'lgan Xurshid Muxtorov, Quvondiq Ro'ziev va Doniyor Usmonov o'zaro kelishuvga binoan shu kuni jamoamizga yordam bera olmaydi.

Tabiiyki bu yo'qotishlar murabbiylar shtabining oldida bir qator muammolarni keltirib chiqarishi aniq.


"Navbahor": Aleksandr Melenchuk mashg'ulotlarga qaytdi

Oliy liga 8-turi doirasida “Nasaf”ga qarshi o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvda namanganliklar darvozaboni Aleksandr Melenchuk jarohat olgan edi. Melenchuk kechagi mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etdi. Uning maydonga tushishi mumkinligi haqida aniq malumot yo'q.


“Neftchi”: Doston Tursunov JCHga boradi

 Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi ertaga Yangi Zelandiya davlatiga jo'nab ketadi.

Tarkib malum. Unda “Neftchi” himoyachisi Doston Tursunov ham o'rin olgan. Oltiariqlik iqtidorli himoyachi bungacha yoshlar terma jamoamizning deyarli barcha yig'inida ishtirok etib keldi. Kichik mundialda yoshlarimizga omad tilab qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика